20:00 / 08.03.2022
1 559

AQSH Rossiya nefti importini taqiqlaydi

AQSH Rossiya nefti importini taqiqlaydi
Foto: Reuters
AQSH Rossiya neftini import qilishni taqiqlashga qaror qildi, deya o‘z manbalariga tayanib xabar tarqatdi Bloomberg. Agentlikning yozishicha, 8 mart kuni Oq uy bu borada bayonot bilan chiqadi.

Taqiq Rossiya nefti, suyultirilgan gaz va ko‘miriga taalluqli bo‘lishi aytilmoqda.

Rossiyaning Ukrainaga hujumi davom etayotgan ayni vaziyatda Rossiya nefti va gazi AQSH va Yevropa mamlakatlari sanksiyalaridan chetda qolmoqda. Bunga Yevropaning Rossiya gazi va neftiga bog‘liqligi sabab bo‘lmoqda. Kanada hukumati o‘tgan oyda Rossiyaning barcha neft mahsulotlari importiga taqiq qo‘ygan, ammo bu ramziy tusga ega, chunki mamlakat 2019 yildan buyon Rossiyadan neft olmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Rossiya nefti importini taqiqlaydi