
Foto: Shutterstock
Ukrainadagi 12 kundan beri davom etayotgan urush davrida mamlakatni ikki million odam tark etgan. Bu haqda Qochoqlar masalalari bo‘yicha BMT oliy komissari boshqarmasining rasmiy vakili Shabiya Mantu ma’lum qilgan.
«Ukrainadagi vaziyat — Yevropada Ikkinchi jahon urushi davridan beri qochoqlar inqirozini yuzaga keltiradi», — degan Mantu.
Qochoqlar masalalari bo‘yicha BMT oliy komissari boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 8 mart Markaziy Yevropa vaqti bilan kunning birinchi yarmi holatiga Ukrainani 2 million 11 ming 312 nafar odam tark etgan.
Ularning katta qismi — 1,2 million aholi Polshaga (8 mart holatiga), 210 mingdan ziyod odam boshqa mamlakatlarga (7 mart holatiga) yana 99,3 ming odam Rossiyaga ketgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar