Foto: Sky News
Rossiya qo‘shinlaridan Ukrainadagi urushda 2-4 ming nafar askar halok bo‘lgan. Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns Rossiyaning yo‘qotishlarini shunday baholagan, deb xabar bermoqda Sky News.
Shuningdek, Berns Ukrainani kelgusida bir nechta sershovqin, vahimali, tahlikali haftalar kutayotganini taxmin qilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi faqat bir marta urushda halok bo‘lgan askarlar haqida 2 mart kuni rasmiy axborot bergan. Vazirlik xabariga ko‘ra, 2 mart holati bo‘yicha 498 nafar askar halok bo‘lgan, 1597 nafar harbiy yaralangan.
Ukraina harbiy qo‘mondonligi urush boshlanganidan buyon Rossiya armiyasining yo‘qotishlari, taxminan, 12 ming nafar askar ekanligini qayd etgan. Biroq idora asirga tushganlar va yaralanganlar ham mazkur raqamga taalluqli yoki aksincha unday emasligi borasida aniq ma’lumot bermagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi