11:38 / 09.03.2022
2 256

Saudiya Arabistoni va BAA yetakchilari AQSH prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazishdan bosh tortdi

Saudiya Arabistoni va BAA yetakchilari AQSH prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazishdan bosh tortdi
Foto: New York Post
Saudiya Arabistoni va BAA rahbarlari AQSH prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali muzokara o‘tkazishdan bosh tortdi, deb xabar beradi The Wall Street Journal.

Nashr manbalariga ko‘ra, Oq uy Bayden va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon hamda BAA shayxi Muhammad bin Zayd bilan alohida telefon muloqotlarini tashkillashtirishga uringan. Biroq ikkala yetakchi ham AQSH prezidenti bilan gaplashishdan bosh tortgan.

Shu bilan birga, nashrning qayd etishicha, o‘tgan hafta shahzoda va shayx Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qilgan.

Rasmiylarning gazetaga ma’lum qilishicha, AQSHning Fors ko‘rfazidagi ikki mamlakat bilan munosabatlari Bayden administratsiyasi Yamandagi urushni qo‘llab-quvvatlamagani va Eron bilan yadro muzokaralarini qayta tiklayotgani sabab keskinligicha qolmoqda.

Saudiya Arabistoni, shuningdek, 2018 yilda jurnalist Jamol Qoshiqchini o‘ldirishda ayblanayotgan shahzoda Muhammadga AQSHning qonuniy daxlsizligini talab qilmoqda.

Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni va BAA OPЕK va Rossiya boshchiligidagi neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti kelishilganidan ortiq neft ishlab chiqarmasliklarini aytgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistoni va BAA yetakchilari AQSH prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazishdan bosh tortdi