1 711
Rossiyada ertadan Visa va Mastercard kartalari ishlamaydi. Buni O‘zbekistonga ta’siri bormi?
Foto: «TASS» / Yelena Afonina
Avvalroq, Visa va Mastercard Rossiya kartalariga xizmat ko‘rsatishdan to‘xtashi haqida xabar berilgan edi. Rossiyada chiqarilgan ushbu to‘lov tizimlaridagi kartalar 10 martdan boshlab boshqa davlatlarda o‘z faoliyatini to‘xtatadi va chet el onlayn do‘konlari uchun to‘lovlarni amalga oshirmaydi.
Mamlakat ichida barcha Rossiya banklarining Visa va Mastercard kartalari amal qilish muddati tugagunga qadar odatdagidek ishlashda davom etadi, undan keyin esa ular «Mir» tizimi asosida qayta chiqariladi.
Bu O‘zbekistonga qanday ta’sir qiladi?
Birinchidan, bu Rossiyada istiqomat qilayotgan, kartalari O‘zbekiston banklari tomonidan chiqarilgan o‘zbekistonliklarga ta’sir qiladi. Ular bo‘yicha amalga oshiriladigan operatsiyalar Rossiyada to‘xtaydi. Bunday kartalar egalariga kerakli naqd pullarni 10 martgacha bankomatlardan chiqarib olishlari tavsiya qilinadi.
Ikkinchidan, Visa va Mastercard kartalari bo‘yicha xalqaro pul o‘tkazmalari qiyinlashadi. Ya’ni, O‘zbekistonda chiqarilgan Visa kartalaridan Rossiyada chiqarilgan Visa kartalariga yoki teskarisiga pul mablag‘larini o‘tkazishning iloji bo‘lmaydi.
Uchinchidan, O‘zbekiston banklarining kobeyjing kartalari, masalan, Humo-Visa Rossiyada o‘z faoliyatini to‘xtatadi.
Boshqa yo‘llar bormi?
Rossiya «Mir» kartalariga o‘tadi. Ular O‘zbekistonda ham chiqarilib, ushbu kartalar orqali do‘konlarda to‘lovlarni amalga oshirish, pul jo‘natish va qabul qilish mumkin.
Shuningdek, banklar Uzcard-«Mir» kabi kobeyjing kartalarni chiqaradi. «Mir» va Uzcard 2020 yildan beri kartadan kartaga xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirishni yo‘lga qo‘ygan.
Bundan tashqari, Rossiyada JBS (Yaponiya) va UnionPay (Xitoy) to‘lov tizimlari hozircha ishlab kelmoqda. Ular O‘zbekiston banklari bilan ham hamkorlik qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi