Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Moskvaga ishchi tashrif bilan keldi, deb xabar qilmoqda Sputnik Belarus.
- Moskva aeroportida Lukashenkoni Belarusning Rossiyadagi elchisi Vladimir Semashko kutib oldi. Vladimir Putin bilan uchrashuv oldidan ular kunning dolzarb mavzularini muhokama qilib oladilar, - deyilgan xabarda.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Belarus prezidenti bugun Vladimir Putin bilan yuzma-yuz uchrashib, sanksilar bosimi sharoitida ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik, ittifoqchi davlatlar orasida integratsiyani kuchaytirishga kelishib oladi.
Prezidentlar, shuningdek, Ukraina inqirozi bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilishadi. Biroz oldin Belarus rahbari harbiylar bilan chegara yaqinida to‘planib qolgan yollanma jangchilar muammosini muhokama qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda Rossiya va Belarus rahbarlari 6 marotaba yuzma-yuz uchrashishgan edi. Ushbu uchrashuvlarda ikki davlatlarning bo‘lajak integratsiyasiga doir qator hujjatlar imzolangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi