1 325
Bayden AQSH NATO mamlakatlari hududini Rossiyadan himoya qilishga tayyorligini ma’lum qildi
Foto: EPA
11 mart kuni Jo Bayden kamida ikki marta AQSH NATOga a’zo mamlakatlar hududidagi «har bir dyuymni» Rossiya tajovuzidan himoya qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Bayden Oq uyda Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarni e’lon qilish davomida AQSH Ukrainaga qo‘shimcha yordam ko‘rsatish va NATO ittifoqchilarini qo‘llab-quvvatlash niyatida ekanini bildirgan.
«Biz Yevropadagi ittifoqchilarimiz bilan yelkama-yelka turishni davom etamiz va xatosiz signalni yuboramiz: NATO hududidagi har bir dyuymni to‘liq kuch bilan himoya qilamiz — birlashgan va harakatga tayyor NATOni. Biz Ukrainada Rossiyaga qarshi urushmaymiz. NATO va Rossiya o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilik — bu Uchinchi jahon urushi, biz uni oldini olishga harakat qilishimiz kerak. Biroq shuni bilamizki, Putin hech qachon Ukrainaga qarshi urushda g‘alaba qozonmaydi», — deydi Amerika yetakchisi.
Bloomberg’ning yozishicha, Bayden Filadelfiyada AQSH Demokratlar partiyasi vakillari qarshisi qilgan chiqishi davomida ham shu kabi bayonotni bergan. U «har bir dyuymni» himoya qilishga tayyorligini aytgan. Shuningdek, prezident Bayden Rossiya NATO davlatlariga hujum uyushtirsa, AQSH javob qaytarishini ma’lum qilgan. «Albatta, biz javob qaytarsak bu Uchinchi jahon urushi bo‘ladi, ammo bizning muqaddas burchimiz bor», — deydi AQSH prezidenti.
Baydenning so‘zlariga ko‘ra, AQSH Rossiya chegarasi yaqinidagi NATOga a’zo davlatlar — Latviya, Litva, Estoniya, Ruminiyaga 12 mingdan ortiq amerikalik harbiy xizmatchini yuboradi.
Demokratlar bilan suhbatda Jo Bayden Ukraina uzra parvozlarni taqiqlovchi hudud tashkil etish urushni anglatishini aytgan. «Biz Ukrainada Uchinchi jahon urushini olib bormaymiz», deya qo‘shimcha qiladi u. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi