2 276
Qamaldagi Mariupol. Rus armiyasidan qochayotgan odamlar — Ukrainadagi urushning ikki kunidan fotoreportaj
Ukrainadagi urush o‘n yetti kundan beri davom etmoqda. 11 mart kuni Mariupol hukumati turar joylarning «ayovsiz» o‘qqa tutilishi oqibatida 1582 nafar tinch aholi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Rossiya tomonidan bosib olingan Melitopol shahrining meri o‘g‘irlab ketildi — Lugansk va Donetsk xalq respublikalarida u terrorizmga yordam berishda gumon qilinayotgani aytilgan. Rossiya Donbassga Yaqin Sharqdan minglab «ko‘ngillilar»ni, shuningdek, rus yollanma askarlarini jo‘natmoqchi — Sergey Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, Mudofaa vazirligi «ozodlik harakati»da qatnashishni xohlovchilardan 16 mingta ariza qabul qilib olgan».
12 mart kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bosqini boshlangandan buyon 1300 nafar ukrainalik askar halok bo‘lgani haqida e’lon qildi. Chernigov mahalliy hokimiyati vakillarining ma’lum qilishicha, hudud elektr, suv, gaz va issiqlik ta’minotisiz qolgan. Moskva va Kiyev videoaloqa orqali muzokaralarni davom ettirmoqda. Rossiya rasmiylari Xerson viloyatida «XXR kvazi-respublikasini» tashkil etish maqsadida referendum o‘tkazishni rejalashtirayotganlikda gumon qilinmoqda. NATO Norvegiyada keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlarni boshladi. Meduza 11—12 mart kunlarida urush zonasidan olingan asosiy fotosuratlarni taqdim qildi.
Ota va o‘g‘il yaqinlarini olib ketayotgan evakuatsiya poyezdini kuzatib qolmoqda. Poyezd Kiyevdan Lvovga boradi. 11 mart, 2022 yil
Foto: Reuters
Kiyevdagi yerosti avtoturargohida ayol hududiy mudofaa kuchlari harbiy xizmatchisining sochini olmoqda. 11 mart, 2022 yil
Foto: AFP
Ukraina qurolli kuchlarining harbiy xizmatchilari Lugansk viloyatida. 11 mart, 2022 yil
Foto: AFP
Donetsk viloyatining Anadol qishlog‘ida ishdan chiqarilgan tank. 11 mart, 2022 yil
Foto: Reuters
Lvov yaqinidagi Soposhin qishlog‘ida politsiya katta serjanti Roman Rushishinning dafn marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Rushishin Lugansk viloyatida halok bo‘lgan. 11 mart, 2022 yil
Foto: AP Photo
O‘t o‘chiruvchilar Dneprdagi aviazarba oqibatida vayron bo‘lgan poyabzal fabrikasida yong‘inni o‘chirmoqda. 11 mart, 2022 yil
Foto: AFP
Kiyev osmonida raketa izi. 11 mart, 2022 yil
Foto: AP Photo
Kiyevdan Lvovga poyezd orqali evakuatsiya qilinayotgan odamlar. 11 mart, 2022 yil
Foto: Reuters
Nikolayevdagi o‘likxona hovlisida qopdagi jasadni ko‘tarib ketayotgan erkaklar. Nikolayev viloyati ma’muriyati rahbari Vitaliy Kimning so‘zlariga ko‘ra, 11 mart kuni Rossiya qo‘shinlari tinch aholi ob’ektlarini o‘qqa tutishda davom etgan.
Foto: AFP
Mariupoldagi otishmadan so‘ng turar joy binosida yuz bergan portlash. 11 mart, 2022 yil
Foto: AP Photo
Mariupolda turar joy maydoni o‘qqa tutilganidan keyin yonayotgan uy. 12 mart, 2022 yil
Foto: AP Photo
Mariupoldagi Ukraina askari. Bir haftadan ortiq qamalda qolayotgan shahar elektr, gaz va suvdan uzilgan. 12 mart, 2022 yil
Foto: AP Photo
Mariupol chetidagi rus tanki. 12 mart, 2022 yil
Foto: AP Photo
Mariupoldagi kasalxona yo‘lagida bolasi bilan o‘tirgan ayol. Uning ikkinchi farzandi shahardagi otishma paytida halok bo‘lgan. 12 mart, 2022 yil
Foto: AP Photo
Kiyevdagi bunkerda kitob o‘qib o‘tirgan ayol. 12 mart, 2022 yil
Foto: Xinhua
Irpen va Bucha shaharlaridagi odamlar Rossiya qo‘shinlaridan qochmoqda. 12 mart, 2022 yil
Foto: The Washington Post
Kiyev yaqinidagi Irpen shahrida Ukraina harbiylari jasadni zambilda olib ketmoqda. 12 mart, 2022 yil
Foto: Reuters
Rossiyalik desantchining jasadi yaqinida turgan ukrainalik askar. Irpen 12 mart, 2022 yil
Foto: AFP
Donetsk viloyati, Volnovaxa shahridagi janglardan keyin turar joy binolari. 12 mart, 2022 yil
Foto: Reuters
Turar joy binosi oldida yig‘lab o‘tirgan ayol. 12 mart, 2022 yil
Foto: Reuters
Xarkovdagi kafe otishmadan keyin. 12 mart, 2022 yil
Foto: AP Photo
Kiyev yaqinida gaubitsalarning (artilleriya quroli) janubi-sharqiy yo‘nalishda o‘q uzayotgani aks etgan sun’iy yo‘ldosh tasviri. 12 mart, 2022 yil
Foto: EPA
Qamaldagi Mariupol1, Rus armiyasi1, Tinch aholi halok bo‘lgan1, Ukrainadagi urush1 Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”