Ukraina va Rossiya urushi tufayli dunyoda xalqaro parvozlar soni sezilarli darajada oshdi. Bu Flightradar 24 ma’lumotlarida qayd etildi.
Fevral oyi oxirida Yevropa Ittifoqi Rossiya samolyotlari uchun kirishni taqiqladi, Rossiya esa bunga javoban 36 ta mamlakat samolyotlari uchun o‘z osmonini yopdi.
Natijada aviakompaniyalar yangi yo‘llarni izlashga majbur bo‘lmoqda, bu esa parvoz vaqtining cho‘zilishiga sabab bo‘lmoqda.
Masalan, ilgari Yevropa samolyotida Xitoydan Parijga uchish uchun 5,4 soat talab etilgan bo‘lsa, hozir esa bu vaqt 11 soatni tashkil qilmoqda:
Rasm: Bloomberg
United aviakompaniyasi esa AQSHdan Hindistonga uchishda Saudiya Arabistoni, Turkiya, Turkmaniston va Tojikiston orqali o‘tmoqda.
Dunyodagi eng uzoq davom etadigan parvozlardan biri bo‘lgan Sidney—Darvin—London yo‘nalishi endilikda yana 60 daqiqaga cho‘ziladi.
Ba’zi kompaniyalar, masalan, Finlyandiyaning Finnair qo‘shimcha 5-6 soat parvoz qilib zarar ko‘rishdan ko‘ra bir nechta reysini yopishga qaror qildi.
Parvozlar davomiyligining cho‘zilishidan tashqari aviachiptalar narxi ham oshib ketmoqda — aylanma yo‘llardan foydalanish ko‘proq yoqilg‘i talab etmoqda. Masalan, Londondan Tokioga parvoz qilish Japan Airlines aviakompaniyasiga endi 20 000 dollarga qimmatroqqa tushmoqda.
Reyslar sonining qisqarishi xodimlar kamayishiga ham sabab bo‘lmoqda. Bir nechta aviakompaniyalar ba’zi ekipajlar bilan ishni vaqtincha to‘xtatishganini bildirgan bo‘lsa, yuqorida ta’kidlangan Finnair kompaniyasi 180 nafargacha bo‘lgan uchuvchini va 380 nafar bort kuzatuvchisini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston uchun nima o‘zgaradi?
O‘zbekiston Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi voqealar bo‘yicha neytral pozitsiyada bo‘lganligi sabab, Uzbekistan Airways kompaniyasi uchun ham Rossiya, ham Yevropa Ittifoqi osmonlari ochiqdir.
Biroq o‘zbekistonlik sayohatchilar uchun Yevropa yoki Rossiya aviakompaniyalari orqali boshqa mamlakatlarga uchishda ba’zi muammolar yuzaga kelishi mumkin.
Masalan, oldinlari Moskvaga uchib, u yerdan Yevropaga parvoz qilish mumkin bo‘lgan bo‘lsa, hozirda bu qiyinlashgan. Buning uchun endilikda Istanbul, Dubay yoki Yevropa va Osiyo o‘rtasida joylashgan boshqa shahar orqali parvozlarni amalga oshirishga to‘g‘ri keladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”