date
views 2 689

Putin Donetskka uyushtirilgan raketa hujumini «varvarlarcha qilingan harakat» deb atadi

Putin Donetskka uyushtirilgan raketa hujumini «varvarlarcha qilingan harakat» deb atadi
Foto: «Vesti.ru»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 14 mart kuni Isroil bosh vaziri Naftali Bennet bilan telefon orqali qilgan suhbat davomida Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi. Suhbatda Putin 14 mart kuni Donetskga berilgan raketa zarbasi oqibatida 20 nafar tinch aholi vakilining halok bo‘lganini qoralagan, deb yozmoqda «Kommersant’».

«Vladimir Putin Ukraina harbiylarning Donetsk markaziy mavzesiga uyushtirgan «varvarlarcha» raketa hujumiga e’tibor qaratdi»,— deyiladi Kreml rasmiy saytidagi xabarda.

Naftali Bennet Rossiya prezidentiga Ukraina masalasini bir qator davlatlarning rahbarlari bilan muloqotlarda muhokama qilgani haqida axborot berdi. O‘z navbatida Vladimir Putin so‘nggi kunlarda videoformatda o‘tgan Rossiya – Ukraina muzokaralariga baho berdi.

Isroil bosh vaziri Naftali Bennet va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 13 mart kuni telefonda suhbatlashgan, suhbat davomida Ukrainadagi urush harakatlariga chek qo‘yishda Isroilning ko‘mak berishga tayyorligini ta’kidlagandi. Shuningdek, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Ozarbayjon kabi davlatlar ham Rossiya – Ukraina muzokaralarida vositachilik qilishga tayyorligini bildirgan. Zelenskiy muzokaralarning asosiy maqsadi Vladimir Putin bilan uchrashish ekanligini aytib o‘tgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Donetskka uyushtirilgan raketa hujumini «varvarlarcha qilingan harakat» deb atadi