Foto: «RIA Novosti»
AQSH milliy xavfsizlik maslahatchisi Jeyk Sallivan 14 mart, dushanba kuni Rimda xitoylik diplomat Yan Szechi bilan yetti soatlik uchrashuvda Xitoyning Rossiya bilan hamfikrligidan xavotir bildirdi. Vashington ham Pekin Moskvaning Ukrainadagi bosqiniga yordam bersa, yakkalanib qolishi va jazolanishi haqida ogohlantirdi.
Muzokaralar yakunlangach, Oq uy qisqa bayonot chiqarib, Sallivan «AQSH-Xitoy munosabatlaridagi qator masalalarni ko‘targani hamda Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini jiddiy muhokama qilganini» ta’kidladi.
«Agar ular (Xitoy) harbiy yoki boshqa turdagi yordam ko‘rsatsa, sanksiyalarni buzsa yoki urush harakatlarini qo‘llab-quvvatlasa, bu shubhasiz, jiddiy oqibatlarga olib keladi», — dedi Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki.
AQSHning Rossiya eksporti bo‘yicha cheklovlariga qarshi chiqqan Xitoy kompaniyalari o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan Amerika uskunalari va dasturiy ta’minotidan mahrum qilinishi mumkin, degan edi o‘tgan hafta AQSH Savdo vaziri Jina Raymondo.
Avvalroq Financial Times, The New York Times va The Washington Post nashrlari AQSH hukumatidagi ismi oshkor etilmagan manbalarga tayanib, Rossiya hukumati Xitoydan Ukrainadagi bosqinini qo‘llab-quvvatlash uchun harbiy texnika va iqtisodiy yordam so‘ragani haqida yozgandi.
Rossiya Xitoydan harbiy yordam so‘raganini inkor etdi va Ukrainadagi maqsadlarini amalga oshirish uchun yetarli darajada harbiy kuchga ega ekanini iddao qildi.
Xitoy dunyodagi eng yirik eksportchi, Yevropa Ittifoqining savdodagi eng yirik sherigi va AQSHga asosiy xorijiy tovarlar yetkazib beruvchi hisoblanadi. Xitoy savdosiga har qanday bosim AQSH va uning ittifoqchilariga iqtisodiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
AQSH1, Xitoy1, Rossiya1, AQSH-Xitoy munosabatlari1 “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Italiyada ekofaollar norozilik ramzi sifatida IIV binosi qarshisiga go‘ng to‘kdi