Foto: Getty Images
AQSH prezidenti Jo Bayden Ukrainani qurol-yaroq, moliyaviy resurslar va oziq-ovqat bilan ta’minlashga va’da berdi. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasiga yozib qoldirgan.
«Biz Ukrainani Rossiya bosqinidan himoyalanish uchun qurolga ega bo‘lishini ta’minlaymiz. Ukrainaliklar hayotini saqlab qolish uchun pul, yegulik va qo‘llab-quvvatlovni taqdim etamiz», — deydi Bayden.
«Biz ukrainalik qochqinlarni quchoq ochib kutib olamiz», — deya qo‘shimcha qiladi AQSH prezidenti.
Bayden AQSH ittifoqchilari bilan Ukrainaga xavfsizlik sohasida yordam ko‘rsatishni davom etayotganini ma’lum qilgan. «Biz ukrain xalqiga o‘z millatini himoya qilishida yordam ko‘rsatish uchun ittifoqchi va hamkorlarimiz bilan hamkorlikni davom ettiryapmiz. AQSH so‘nggi yilda Ukrainaga xavfsizlik sohasida 1,2 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratdi», — deb yozadi Bayden.
Avvalroq AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Vashington Moskvaning ogohlantirishiga qaramay, Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatmasligini ma’lum qilgandi.
Fevral oxirlarida AQSH prezidenti administratsiyasi Kongressdan Ukraina inqirozini tartibga solish bilan bog‘liq harakatlar uchun 6,4 milliard dollar ajratishni so‘ragan edi. 2022 yilda AQSH Ukrainaga xavfsizlik sohasida yordam sifatida 650 million dollar va gumanitar yordam maqsadida 52 million dollar ajratgan. Mamlakat 2014 yildan buyon AQSHdan umumiy qiymati 2,7 milliard dollarga teng yordam olgan.
Bundan oldin Yevrokomissiya Ukrainaga 1,2 milliard yevro ajratishni ma’qullagan, shuningdek yanvar boshida AQSH administratsiyasi Ukrainaga qo‘shimcha 200 million dollarlik harbiy yordam ko‘rsatishni 2021 yil dekabrida ma’qullagani, 2022 yil 1 fevralda esa AQSHdan yana 84 tonna harbiy yordam Ukrainaga yetkazib berilgani xabar qilingan. Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Ukrainaga 15 ta davlatdan qurollar yetkazib berilmoqda.
Bayden1, AQSH1, Ukraina1, Qurol-yaroq1, Oziq-ovqat1 Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi, u endi...