Foto: AP Photo
Kiyevda 15 mart soat 20:00 dan (Toshkent vaqti bilan 23:00) 17 mart 07:00 gacha kuchaytirilgan komendantlik soati amal qiladi. Bu haqda shahar meri Vitaliy Klichko ma’lum qildi.
«Bugun qiyin va xavfli davr... Shahar bo‘ylab maxsus ruxsatnomalarsiz harakatlanish taqiqlanadi. Faqat boshpanaga yetib olish uchun tashqariga chiqishingiz mumkin», — deb yozdi Klichko o‘zining Telegram kanalida.
U kuchaytirilgan komendantlik soati nima sababdan joriy etilgani haqida batafsil ma’lumot bermadi.
Kiyevda komendantlik soati 24 fevralda, Rossiyaning Ukrainaga bosqinining birinchi kunida joriy qilingan edi. Kuchaytirilgan komendantlik soati esa 26 fevraldan 28 fevralgacha amal qilgan. Undan biroz oldin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevga rus qo‘shinlarining hujumi kutilayotganini aytgan. Biroq o‘sha paytda keng ko‘lamli hujum bo‘lmagan.
10 mart kuni Vitaliy Klichko har ikkinchi fuqaro Kiyevni tark etganini aytdi. Merning so‘zlariga ko‘ra, shaharda ikki milliondan sal kamroq aholi qolgan.
14 mart kuni Rossiya kuchlari Ukrainaning Xerson viloyatini to‘liq nazoratga olgani ma’lum qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi