Foto: AP Photo
Ukrainaning Shimoliy Atlantika alyansi(NATO)ga qo‘shilmasligini Rossiyaga yon bosish sifatida qabul qilmaslik kerak. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken aytib o‘tdi, deb yozmoqda «TASS».
«Buni yon bosish deb o‘ylamayman. Menimcha, bu faqat haqiqiy vaziyatning aksi, ya’ni Ukraina Rossiya agressiyasidan oldin ham NATOga qisqa vaqtda qo‘shilishni rejalashtirmagandi», — dedi Blinken Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning mamlakat NATOga a’zo bo‘lmasligini tan olish zarurligi haqida aytgan gaplarini yon bosish sifatida qabul qilish kerakmi, degan savolga javoban.
Xitoyning yordami haqida
AQSH Xitoyning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasi fonida Rossiyaga moddiy yordam ko‘rsatishi yoki G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tishiga ko‘maklashishidan xavotirda, dedi Blinken.
«Birinchidan, Xitoy ritorik jihatdan Rossiyani qo‘llab-quvvatlanmoqda, eng kamida Rossiyaning harakatlariga nisbatan aniq bir pozitsiyaga ega emas. Bu Xitoy o‘z sadoqatini bildirgan hamma narsaga, jumladan, BMT Nizomining asosiy tamoyillariga, mamlakatlar suverenitetini hurmat qilishga ziddir. Xitoyning Rossiya harakatlarini qoralamagani nafaqat Rossiya, Ukraina yoki Yevropaga, balki butun dunyoga o‘z-o‘zidan ko‘p narsani anglatadi», — dedi Blinken.
«Ikkinchidan, biz Xitoyning Rossiyaga moddiy yordam ko‘rsatishi yoki biz kiritgan sanksiyalarni buzish ehtimolidan xavotirdamiz. Buni Xitoyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytdik, jumladan, milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchimiz Jeyk Sallivan xitoylik hamkasbi bilan uchrashgan vaqtda ham buni bildirdik», — deya yakunladi AQSH davlat kotibi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi