07:53 / 17.03.2022
1 290

Tokayev Qozog‘istonda davlat boshqaruv shaklini o‘zgartirishni taklif qildi

Tokayev Qozog‘istonda davlat boshqaruv shaklini o‘zgartirishni taklif qildi
Qozog‘istonda davlat boshqaruv shakli o‘zgarishi kerak, parlament ko‘proq vakolatlarga ega bo‘lishi kerak, dedi Qosim-Jomart Tokayev parlamentning qo‘shma majlisida xalqqa murojaat qilib.

"Bizga Qozog‘iston taraqqiyotining siyosiy modelini qayta tashkil etish bo‘yicha o‘lchovli qadamlar kerak. Gap, birinchi navbatda, super-prezidentlik boshqaruv shaklidan kuchli parlamentga ega bo‘lgan prezidentlik respublikasiga yakuniy o‘tish haqida bormoqda. Bunday tizim optimal muvozanatni ta’minlaydi, hokimiyat institutlarini va mamlakatning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shadi."

Shuningdek, u davlat rahbarining o‘z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida biror-partiyaga a’zo bo‘lishini qonuniy ravishda ta’qiqlashni taklif qildi. Tokayev bu siyosiy raqobatni kuchaytirib, barcha partiyalarning rivojlanishi uchun teng sharoitlar yaratishini qayd etdi.

Bundan tashqari, prezident Qozog‘istonda Konstitutsiyaviy sud tashkil etishni taklif qildi. "Bosh prokuror va Inson huquqlari bo‘yicha vakilga ham Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish imkoniyati berilishi kerak. Umid qilamanki, bu tashabbuslar adolatli va huquqiy davlat qurish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi", - deb tushuntirdi Tokayev.

Yana bir tashabbus prezidentning yaqin qarindoshlarini davlat va davlat kompaniyalarida lavozim egallashni taqiqlash taklifi bo‘ldi. Tokayev davlat rahbari barcha fuqarolar uchun imkoniyatlar tengligini kafolatlashi kerakligini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tokayev Qozog‘istonda davlat boshqaruv shaklini o‘zgartirishni taklif qildi