
Iqtisodchi Xenrik Myuller dollar dunyoning asosiy valyutasi sifatidagi mavqeini yo‘qotishi mumkinligini aytdi. Uning fikricha, birdaniga uchta omil Amerika valyutasining kelajagini shubha ostiga qo‘yadi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, dollar inflyatsiyasi dunyoning AQSH valyutasi qiymati ishonchiga jiddiy putur yetkazishi mumkin. AQSHda narxlar o‘sishi 8 foizni tashkil etgan. Endi vaziyatning yanada rivojlanishi Federal zaxira tizimi (FRS) harakatlariga bog‘liq. Shuningdek, Rossiyaga qarshi sanksiyalar ham dollarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Ekspertning fikricha, Rossiyaga qarshi sanksiyalar markazidagi eng dahshatli qurol bu — Moskvaning boshqa markaziy banklardagi valyuta zaxiralarini muzlatishdir. Bunday qadam hali keng ko‘lamda qo‘llanilmagan. Agar Rossiya puliga bunday munosabat natijasida Vashington istalgan vaqtda boshqa davlatlar valyuta aktivlarini ham musodara qilishi mumkinligiga xavotir paydo bo‘lsa, ishonchga bunday putur dollarga jiddiy zarar yetkazadi.
Ukrainadagi vaziyat moliya bozoridagi kuchlar muvozanatini ham tez o‘zgartirib yubormoqda, bu esa AQSH tomonidan ilgari surilayotgan global moliya institutlari o‘rnini bosuvchi moliyaviy bozori tarqoq suveren mamlakatlarning yangi bloklarini shakllantirish va mustahkamlashga olib keladi. Ushbu o‘zgarishlar ham valyuta bozoriga ta’sir qilishi mumkin, — dedi iqtisodchi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar