14:00 / 22.03.2022
1 871

Tojikistonda Ukrainadagi harbiy mojaro tufayli iqtisodiy inqirozdan chiqish rejasi tuzildi

Tojikistonda Ukrainadagi harbiy mojaro tufayli iqtisodiy inqirozdan chiqish rejasi tuzildi
Tojikiston Iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligi / Foto: Asia-Plus
Ukrainadagi harbiy mojaro va g‘arb davlatlarining Tojikiston asosiy savdo sherigi – Rossiyaga nisbatan iqtisodiy sanksiyalari sharoitida respublika hukumati milliy iqtisodiyot uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlar oldini olish maqsadida idoralararo shtab tuzdi. Bu haqda «Aziya-Plyus» mamlakat Iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligiga tayangan holda xabar bermoqda.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 26 fevralidan 4 martiga qadar maxsus idoralararo shtab tomonidan vazirlik va idoralar, mahalliy ishlab chiqaruvchilar, don va neft mahsulotlari import qiluvchilar ishtirokida beshdan ortiq yig‘ilish o‘tkazilgan. Tovar ishlab chiqaruvchilar, xususiy sektor va rivojlanish bo‘yicha hamkorlarning tavsiyalarini inobatga olgan holda chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

Reja narxlarning asossiz o‘sishi oldini olishi kerak. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini, mehnat migrantlarini va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, davlatning ijtimoiy majburiyatlari bajarilishini o‘z vaqtida ta’minlash ko‘zda tutilmoqda.

Unda bank tizimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlar oldini olish, valyuta kursiga bosimni pasaytirish, mahsulot ishlab chiqaruvchi tadbirkorlariga past foiz stavkalarida kreditlar berish haqida so‘z boradi.

Investitsion muhitni yaxshilash, soliqdan tashqari tekshiruvlarni kechiktirish, qo‘shimcha moliyaviy yordamni jalb qilish va boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilmoqda.

Shu bilan birga, uchrashuv va muzokaralar chog‘ida xalqaro moliya institutlari milliy iqtisodiyot tarmoqlariga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlar ta’sirining oldini olish maqsadida moliyaviy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirgan.

Tashqi omillarning respublika iqtisodiyotiga ta’siri bo‘yicha turli ssenariylar muntazam ravishda ekonometrik modellar yordamida baholanadi va ularning milliy iqtisodiyotga ta’siri oldini olish hamda kamaytirish, barqaror makroiqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.

Bildirilishicha, ichki resurslar va imkoniyatlar iste’mol bozorini zarur mahsulotlar, jumladan, un, non, makaron, go‘sht, o‘simlik yog‘i, sut, tuxum, don, guruch va boshqalarga bo‘lgan ehtiyojini zarur darajada ta’minlashi mumkin.

Ayrim turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarni, xususan, bug‘doy, shakar, neft mahsulotlari va boshqalarni mamlakat hududiga olib kirish savdo hamkorlari bilan tuzilgan amaldagi shartnomalarga muvofiq to‘siqsiz davom etayotgani aytilgan.

Tojikistonda milliy iqtisodiyotga xavf-xatarlar ta’siri oldini olish masalasi respublika hukumati nazoratida ekani bildirilib, kelgusida iste’mol bozorini eng zarur tovarlar hamda ularning zaxiralari bilan to‘ldirish uchun barcha mavjud imkoniyatlardan foydalanilishi qayd etilgan;

Bundan tashqari, aholi zaif qatlamlarini va xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash, sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yuqorida ko‘rsatilgan maxsus harakatlar dasturini amalga oshirish rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikistonda Ukrainadagi harbiy mojaro tufayli iqtisodiy inqirozdan chiqish rejasi tuzildi