Foto: Yegor Aleyev/TASS
Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiya nefti va gazi importini zudlik bilan to‘xtatish ehtimolini rad etdi.
"Biz buni imkoni bo‘lganida amalga oshiramiz", - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, neft va gaz importining keskin to‘xtatilishi Germaniya va Yevropada retsessiya yuz berishini, yuz minglab ish o‘rinlari va sanoat korxonalari uchun xatarli bo‘lishini bildiradi.
Shols Rossiyaga qarshi sanksiyalarning salbiy oqibatlari Germaniyada sezila boshlaganini qayd etdi.
"Sanksiyalar Rossiya rahbariyatidan ko‘ra Yevropa davlatlariga kuchliroq zarba bermasligi kerak", - deb ta’kidladi u.
U Ukraina bilan birdamligini bildirish barobarida NATO Rossiya bilan to‘qnashuvga bormasligini aytdi. Sholsning ma’lum qilishicha, Ukraina uzra parvoz qilish taqiqlangan hudud joriy etilmaydi.
"Qanchalik og‘ir bo‘lmasin, biz bunday qilmaymiz. NATO urush ishtirokchisi bo‘lmaydi", dedi Germaniya kansleri. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Fayzullayev va Yevropa: unga berilgan ikki xil baho...