
Anatoliy Chubays
Chubays Putinning maxsus vakili lavozimidan ketdi va Rossiyani tark etdi. Shu tarzda u Ukrainada «harbiy operatsiya» boshlanganidan beri iste’foga chiqqan eng yuqori martabali amaldorga aylandi, deb xabar berdi Bloomberg.
Anatoliy Chubays Rossiya prezidentining barqaror rivojlanish bo‘yicha maxsus vakili lavozimida ishlayotgandi.
Bloomberg manbalariga ko‘ra, Chubays Rossiyaning Ukrainadagi «harbiy operatsiyasi»ga nisbatan o‘z noroziligini bildirgan. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov «Bloomberg»ning so‘roviga izoh bermagan.
Forbes nashri Chubays bilan telefon orqali bog‘lanishga muvaffaq bo‘lgan, lekin u haqiqatan ham Rossiyani tark etdimi degan savolga javob bermagan va go‘shakni qo‘yib qo‘ygan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar