Foto: «Twitter»
Ukrainaning Mariupol shahri meri Vadim Boychenko 27 kunlik qamal davrida shahar aholisining 5 ming nafari halok bo‘lganini ta’kidladi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Halok bo‘lgan 5 ming mariupollikning 210 nafari — bolalar.
Mariupolda hozir taxminan 170 ming aholi qolgan. 140 ming aholi qamalga qadar shahardan chiqib ketishga ulgurgan, 150 ming kishi esa blokadadan so‘ng evakuatsiya qilingan, dedi Boychenko.
30 ming kishi Rossiyaga yoki o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donbass respublikalariga olib ketilgan (Ukraina hukumati buni deportatsiya deb atamoqda, Rossiya esa ular ko‘ngilli ravishda ketganini ta’kidlamoqda).
Mariupoldagi binolarning 90 foiziga shikast yetkan. Aholi yashovchi ko‘p qavatli uylarning hamda xususiy uylarning 40 foizi butkul vayron qilingan.
Yettita shifoxonaga shikast yetkazilgan, shundan uchtasi to‘liq vayron qilingan.
Mariupol — urushgacha.
Foto: «Twitter»
Mariupol — hozir...
Foto: «Twitter»
Harbiy harakatlar ketayotgani bois BBC urushayotgan tomonlar rasmiy shaxslarining bayonotlarini tezkor tekshirish imkoniyatiga ega emasligini qo‘shimcha qildi. Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz