
Yaponiya hukumati 2022 yilgi “Diplomatiya bo‘yicha ko‘k kitob”da Janubiy Kuril orollari «Yaponiyaning ajralmas qismi hisoblanadi va hozirda Rossiya tomonidan noqonuniy ravishda bosib olingan» degan so‘zni ochiq bayon qildi. Bu haqda Yaponiyaning Kyodo axborot agentligi hujjat loyihasi matni bilan tanish bo‘lgan xabardor manbalarga tayanib xabar bermoqda.
“Ma’lum bo‘lishicha, «shimoliy hududlar»ga oid qismida bular «Yaponiyaning ajralmas qismi bo‘lgan va hozirda Rossiya tomonidan noqonuniy ravishda bosib olingan hududlar» degan keskin ifoda qaytarilgan”, — deyiladi agentlik xabarida.
«Ko‘k kitob» aslida 2021 yil 1 yanvardan 31 dekabrgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi va Yaponiya «shimoliy hududlar» deb ataladigan Kuril zanjirining janubiy orollarini bo‘limda shu so‘zlar qaytarilgan.
Tokio avvalroq Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasiga javoban Moskvaga qarshi bir qator sanksiyalar paketini joriy qilgan edi. Xususan, u Rossiyani eng qulay savdo rejimidan chiqarib tashladi va 18 martdan boshlab 275 turdagi tovarlar, jumladan yarimo‘tkazgichlar, radarlar, sensorlar, lazerlar, aloqa uskunalari, qayd qilish asboblari va ularning butlovchi qismlari, dasturiy ta’minot, samolyotlar uchun gaz turbinali dvigatellar va ularning qismlari, neftni qayta ishlash uchun uskunalar hamda traktorlar uchun butlovchi qismlarni eksport qilishni taqiqladi. 5 apreldan boshlab Rossiyaga hashamatli tovarlar, jumladan, avtomobillar va zargarlik buyumlari eksporti ham taqiqlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar