20:43 / 31.03.2022
1 751

Erdog‘anning O‘zbekistonga tashrifi Turkiya matbuotida qanday aks sado berdi?

Erdog‘anning O‘zbekistonga tashrifi Turkiya matbuotida qanday aks sado berdi?
Xabaringiz bor, joriy yilning 29-30 mart kunlari Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an boshchiligidagi rasmiy delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Mazkur tashrif Turkiyadagi bir qator yetakchi ommaviy axborot vositalarida qizg‘in yoritib borildi hamda ushbu maqola va xabarlarga, reportajlarga mahalliy aholi tomonidan ham katta qiziqish bildirildi. Turkiyadagi eng katta xabar va ma’lumot manbalaridan biri bo‘lgan Onado‘li axborot agentligi ham O‘zbekistondagi tashrif tafsilotlarini peshma pesh yoritib bordi.

“Turkiya-O‘zbekiston munosabatlari strategik sheriklikka erishdi”, sarlavhasi ostidagi tashrif yakuniga bag‘ishlangan tahliliy maqolada ham bir qator muhim holatlarga e’tibor qaratilgan. Jumladan, “Toshkentda bo‘lib o‘tgan Turkiya-O‘zbekiston muzokaralari natijasida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar har tomonlama strategik sheriklik” darajasiga ko‘tarilgani”, Erdog‘an janoblarining “Kengash yig‘ilishlarini ikki yilda bir marta emas, har yili o‘tkazishni davom ettirishni taklif qilgani”, “tashrif chog‘ida Anqara va Toshkent o‘rtasida turli sohalarda hamkorlik bo‘yicha 10 ta shartnoma imzolangani” alohida ta’kidlanadi.

Shuningdek, uchrashuvlar davomida “Erdog‘an ikki davlat o‘rtasida mudofaa sanoati sohasida hamkorlikni rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjudligiga ishora qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqara O‘zbekiston bilan bu boradagi imkoniyatlarini baham ko‘rishga tayyor” ekaniga alohida urg‘u beriladi.

Maqolada ta’kidlaganidek, ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkiya hamkorligini yanada kengaytirishni nazarda tutuvchi 10 ta hujjat imzolandi:

- Mudofaa sohadagi dastlabki kelishuv;
- Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim;
- Davlat chegaralari orqali tovarlar va transport vositalarining o‘tishi haqida oldindan axborot almashish to‘g‘risidagi bayonnoma;
- Mehnat va bandlik sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi;
- Sud ekspertizasi sohasida hamkorlik memorandumi;
- Qurilish sohasida anglashuv memorandumi;
- sog‘liqni saqlash vazirliklari o‘rtasida 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar rejasi;
- O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan Turkiyaning “Anadolu” agentligi o‘rtasida Hamkorlik bitimi va boshqalar...”

Bundan tashqari Onado‘li agentligi bir qator foto, video va infografika vositasida Turkiya rasmiy delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini qadamma qadam yoritib bordi.

Shuningdek, ayrim ommaviy axborot vositalari janob Erdog‘an O‘zbekistonga jo‘nab ketish oldidan, ya’ni 29 mart kuni Istanbulga borib, Do‘lmabog‘cha saroyida Turkiya davlati tashabbusi bilan tashkillashtirilgan Ukraina va Rossiya rasmiy vakillarining urushni to‘xtatish borasidagi muzokarasida ishtirok etib, tomonlarni murosaga chaqirib, shundan keyin Toshkentga uchib ketganiga ham alohida e’tibor qaratib o‘tdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdog‘anning O‘zbekistonga tashrifi Turkiya matbuotida qanday aks sado berdi?