Foto: Getty Images
Vashingtonning sanksiyalar ro‘yxatiga mudofaa, aerokosmik va dengiz sohalari bilan bog‘liq tashkilotlar kiritildi. Oq uy ular AQSH milliy xavfsizligi manfaatlariga zid harakat qilganini bildirmoqda.
Oq uy Rossiya va Belarusning mudofaa, aerokosmik hamda dengiz sohalari bilan bog‘liq bo‘lgan yana 120 ta sub’ektiga eksport sanksiyalarini joriy qilmoqda. Bu haqda AQSH Savdo vazirligi 1 aprel, juma kuni AQSH hukumatining rasmiy hujjatlari to‘plami – Federal reyestrda xabar e’lon qildi.
«AQSH rasmiylari ushbu 120 ta tashkilotning xatti-harakatlari mamlakat milliy xavfsizligi yoki tashqi siyosati manfaatlariga zid ekanligini aniqladi», deyiladi hujjatda. Uning matni, Federal reyestrda ta’kidlanishicha, Savdo vazirligi saytida 7 aprel kuni e’lon qilinadi.
AQSHning eksportni tartibga solish to‘g‘risidagi qonuniga ko‘ra, sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan 120 ta yuridik shaxsga eksport, reeksport va mamlakat ichidagi tashuvlar bo‘yicha cheklovlar qo‘yiladi.
Rossiya kompaniyalari ro‘yxatida «Almaz» AJ, «Federalniy sentr dvoynix texnologiy «Soyuz» FDUK, Yeletsdagi «Energia» AJ, Primorsk o‘lkasidagi «Zvezda» kemasozlik zavodi, «Takticheskoye raketnoye voorujeniye» korporatsiyasining bir qator korxonalari, Voronejdagi «Elektrosignal» AJ, Novosibirskdagi «Salyut» maxsus konstruktorlik byurosi, Tambovdagi «Oktabr» zavodi, «Uralelement» AJ va boshqalar bor.
Sanksiya ro‘yxatiga kiritilgan Belarus tashkilot va korxonalari orasida Belarus Ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari, Davlat xavfsizlik qo‘mitasining «Alfa» bo‘linmasi, Minsk g‘ildiraklar zavodi, respublika Davlat harbiy-sanoat qo‘mitasi, «Agat-Elektromexanicheskiy zavod» OAJ, «Beltexeksport» YOAJ va boshqalar bor.
Hujjatda aytilishicha, Belarus Rossiyaning Ukrainaga harbiy bostirib kirishiga «katta hissa qo‘shgan», shuningdek, Rossiya qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi