Foto: Bloomberg
Rossiya 2022 yil yakuni bo‘yicha neft va gaz eksportidan 321 mlrd dollar atrofida daromad olishi mumkin, bu 2021 yildagiga nisbatan o‘ttiz foizga ko‘p. Bloomberg Economics ekspertlari ana shunday fikr bildirdi.
Vashington xalqaro moliya instituti (IIF) xodimlari ham shunga o‘xshash xulosaga kelishdi.
«Hozirgi sanksiyalar saqlanib qolgan holatda Rossiyaga qattiq valyuta kelishi davom etadi», — deyiladi institut hisobotida.
TS Lombard tahlilchilari rublning keskin devalvatsiyasi va narxlar oshishi uyg‘unligida neft Rossiya budjetiga qo‘shimcha 8,5 trln rubl (103 mlrd dollar) keltirishini taxmin qilmoqda.
Rossiyaning neft va gazdan daromadi ko‘payishi bilan bog‘liq vaziyatni faqat yirik importyorlar tomonidan Rossiyaga energetik embargo kiritilishigina o‘zgartirishi mumkin, deya qayd etgan Bloomberg.
«Uglevodorodlar sotuvidan keladigan daromad Rossiya iqtisodiyoti uchun qutqaruv chambaragi hisoblanadi. Ammo energetik embargosiz ham inflyatsiya o‘smoqda va chuqur retsessiya yaqinlashmoqda», — deya fikr bildiradi Bloomberg Economics eksperti Skott Jonson.
TS Lombard eksperti Madina Xrustalevaning fikricha, sanksiyalar Rossiya iqtisodiyotining «noenergetik qismi»ni izdan chiqaradi, natijada «Rossiya energiya resurslariga yanada bog‘lanib qoladi». “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi