13:37 / 03.04.2022
1 316

Urushning 37-kuni: Bolalar maydonchasidagi qabrlar, vayron bo‘lgan maktablar (foto)

Urushning 37-kuni: Bolalar maydonchasidagi qabrlar, vayron bo‘lgan maktablar (foto)
Ukrainadagi urush davom etayotganiga 37 kundan oshdi. 1 aprel tongida Belgorod administratsiyasi neft bazasiga Ukraina aviazarbasi kelib tushganini xabar qildi. Yong‘in oqshomga borib bartaraf etildi va uning oqibatida hech kimga ziyon-zahmat yetmadi.

Kiyev viloyatidagi to‘qnashuvlar davom etmoqda — Ukraina bir qator aholi punktlarini qaytarishga muvaffaq bo‘lgan, Rossiya mudofaa vazirligi Kiyev viloyatidagi aholi yashash punktlarida mamlakat dengiz piyodalari tomonidan «tozalash» ishlari amalga oshirilayotganini bildirgan.

Mariupoldagi janglar ham davom etmoqda, odamlar suv, gaz va elektr ta’minotisiz hayot kechirmoqda. Meduza urushga aloqador 1 aprel fotosuratlarini taqdim qildi.

Belgoroddagi neft omborida kuzatilgan yong‘in. Shahar ma’muriyati bazaga Ukraina harbiy vertolyotlari aviazarba berganini ma’lum qilgan
Foto: «TASS»


Mariupoldagi drama teatri yaqinida o‘qqa tutilgan avtomobil, yuk mashinasining tepasiga «Bolalar» yozuvi yopishtirilgan
Foto: «TASS»


Mariupol ko‘chalaridagi DXR xalq militsiyasining harbiylari
Foto: «TASS»


Mariupol osmonida parvoz qilayotgan Rossiya harbiy havo kuchlarining vertolyoti
Foto: Reuters


Mariupolda yashovchi ayol ko‘chada ovqat tayyorlayapti. Ayol 60 yoshda, urush boshlanguniga qadar hisobchi bo‘lib ishlagan. Hozir bolalar uyi binosida havo hujumlaridan yashirinib yashamoqda
Foto: Reuters


Ona va o‘g‘il qabri. Marina Met (42 yosh) va Ivan Met (12 yosh) hujumlar oqibatida halok bo‘lgan. Ular qo‘shnilari tomonidan Kiyev yaqinidagi Irpen hududida bolalar maydonchasiga dafn qilingan
Foto: AP Photo


Kiyevlik ayol shahar yaqinidagi uy hovlisida snaryad zarbasida keyin yerda hosil bo‘lgan aylana kraterni kuzatmoqda
Foto: AP Photo


Xarkov yaqinidagi Cheguyevda jarohat olgan jabrdiyda. U boshidan yaralangan va qishlog‘iga raketa zarbasi kelib tushganida barmoqlarini yo‘qotgan
Foto: Reuters


Zarbaga uchragan qishloq maktabidagi sinfxona. Ukraina janubidagi Zeleniy Gay qishlog‘i front chizig‘idan 5 km masofa uzoqlikda joylashgan
Foto: AFP


Qishloq maktablaridan birining vayron bo‘lgan sinfxonasi
Foto: AFP


Ukrainalik askarlar Kiyevda qoldirib ketilgan Rossiya texnikasini ko‘zdan kechirmoqda
Foto: EPA


Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yevropa parlamenti rahbari Roberto Metsola bilan uchrashuvga yetib kelmoqda
Foto: Ukraina prezidentining matbuot xizmati


Odessada Xalqaro kulgi kuni munosabati bilan harbiy harakatlarga qarshi shior yozilgan Rossiya kemasining maketi suv havzasiga tushirildi
Foto: Reuters


Ukrainadagi urush1, Kiyev viloyatidagi to‘qnashuvlar1, Mariupoldagi janglar1, Aviazarba1 Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Urushning 37-kuni: Bolalar maydonchasidagi qabrlar, vayron bo‘lgan maktablar (foto)