
Edvard Lyuttvak.
Foto: «Teller Report»
Zamonamizning eng sinchkov harbiy strateglaridan biri, Ronald Reyganning sobiq maslahatchisi Edvard Lyuttvak harbiy tizimlar nuqtai nazaridan «Z operatsiyasi»ning ilk natijalarini baholadi.
Lyuttvakning asosiy fikri — uchuvchisiz qurilmalar odatiy harbiy aviatsiyani siqib chiqarishi kerak. Bu masala hali amalga oshmaganiga sabab — harbiy-sanoat majmuasining aviatsiya qanotidagi lobbizm. Lyuttvak hozirgi aviatsiyani 1920-yillarda tanklarga qarshi chiqqan kavaleriya (otliq qo‘shin)ga qiyosladi.
Lyuttvak kuzatgan yana bir holat — Markaziy razvedka boshqarmasi (AQSH)ning dog‘da qolgani. MRB «Zelenskiy qochib ketadi, hukumat tarqaladi, ukrain armiyasi urushmaydi, ruslar 24 soatdan so‘ng Kiyevni o‘z nazoratiga oladi», deb hisoblagan. Harbiy strateg oldin aytgan gaplarini yana eslatdi: sobiq Ittifoq 1968 yili maydoni va aholisi hozirgi Ukrainanikidan karrasiga kichik Chexoslovakiyani egallash uchun 800 ming nafar harbiydan foydalangan. Hozirgi 150 ming harbiy bilan Rossiya yurish yengil bo‘lishini o‘ylamasa ham bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar