16:09 / 04.04.2022
1 322

Atambayev sudda betob bo‘lib qoldi, uni tez yordam olib ketgan

Atambayev sudda betob bo‘lib qoldi, uni tez yordam olib ketgan
Bugun, 4 aprel kuni Bishkek shahrining Pervomayskiy tuman sudida 2020 yil oktabr voqealari bo‘yicha jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ushbu sud majlisiga sobiq prezident Almazbek Atambayev ham keltirilgan. Suddan keyin u o‘zini yomon his qilgan va tez yordam mashinasida olib ketilgan.

Advokat Sergey Slesarevning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar sobiq prezidentni ko‘rikdan o‘tkazgan. Uning ertangi sud majlisida ishtirok etishi noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil oktabrda mamlakat parlamentiga saylovlar natijasi sabab yirik namoyishlar oxir-oqibatda o‘sha paytdagi prezident Sooranbay Jeenbekovning iste’fo berishi bilan yakunlangandi.

O‘shanda bir qancha siyosatchilar qatori Almazbek Atambayev ham qamoqdan chiqarib yuborilgan va sal o‘tib yana qamab qo‘yilgan.

Ilk bor 2019 yil avgustda qo‘lga olingan Atambayevga belgilangan 11 yillik jazo 2021 yil oktabr oyida qayta tiklangandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Atambayev sudda betob bo‘lib qoldi, uni tez yordam olib ketgan