19:53 / 04.04.2022
1 808

Xitoy vaziyatdan foydalanib, Rossiya yoqilg‘isini arzon narxlarda sotib olmoqchi

Xitoy vaziyatdan foydalanib, Rossiya yoqilg‘isini arzon narxlarda sotib olmoqchi
Foto: Bloomberg
Xitoyning eng yirik gaz importchilari arzon narxlardan foydalanib qolmoqchi. Ular bozor tomonidan rad etilgan qo‘shimcha Rossiya suyultirilgan gazini sotib olishga intilmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Xitoyning Sinopec va PetroChina kompaniyalari yetkazib beruvchilar bilan Rossiyadan chuqur chegirma bilan sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Ba’zi import qiluvchi kompaniyalar xarid rejalarini chet el hukumatlaridan yashirish uchun o‘z nomidan suyultirilgan gaz sotib olish tenderlarida qatnashish maqsadida rus firmalaridan foydalanishni o‘ylamoqda.

Dunyo bo‘ylab ko‘pgina suyultirilgan gaz importchilari kelajakdagi sanksiyalar yoki obro‘siga putur yetkazishdan qo‘rqib, Rossiya yuklarini sotib olmayapti. Chunki Ukrainadagi urush davom etmoqda va Yevropa Ittifoqi Moskvaga bosimni kuchaytirmoqda.

Xitoy firmalari ushbu xavfni o‘z zimmasiga olishga tayyor bo‘lgan yagona kompaniyalardan biri sifatida paydo bo‘lmoqda.

So‘nggi bir necha hafta ichida xitoylik kompaniyalar tomonidan Rossiyaning bir nechta suyultirilgan gaz yuklari sotib olingan.

Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, Rossiyaning suyultirilgan gazi bozorda Shimoliy Osiyodagi oddiy jo‘natmalarga nisbatan 10 foizdan ortiq chegirma bilan sotiladi. Ukrainadagi urush tufayli global iste’molning o‘sishi bilan birga yetkazib berish masalasi qiyinlashmoqda.

Shubhasiz, Xitoy suyultirilgan gazga juda muhtoj emas. Shunday bo‘lsa-da, chuqur chegirmaga ega rus gazi bu yozda narxlar yana ko‘tarilgunga qadar saqlash omborlarini to‘ldirishga yordam beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy vaziyatdan foydalanib, Rossiya yoqilg‘isini arzon narxlarda sotib olmoqchi