12:39 / 06.04.2022
1 133

Qozog‘iston LXR va DXR mustaqilligini tan olmasligini ma’lum qildi

Qozog‘iston LXR va DXR mustaqilligini tan olmasligini ma’lum qildi
Foto: “Zakon.kz”
Qozog‘iston prezidenti ma’muriyati rahbarining birinchi o‘rinbosari Timur Suleymenov Yevropa OAVlariga bergan intervyusida Ukrainadagi vaziyat va Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha mamlakatning rasmiy pozitsiyasini bildirdi. Bu haqda 5 aprel kuni hukumat yig‘ilishida respublika tashqi ishlar vaziri Muxtor Tlovberdi ma’lum qildi, deb yozmoqda «Vlast.kz».

TIV rahbari Qozog‘iston Lugansk xalq respublikasini ham, Donetsk xalq respublikasini ham tan olmasligini tasdiqladi. Sanksiyalarga kelsak, ularning barchasi Yevropa Ittifoqi va AQSH tomonidan Rossiyaga qarshi qaratilgan, deya ta’kidladi rasmiy.

«Biz bu sanksiyalarga qo‘shilmaymiz, lekin ikki narsa biz uchun juda muhim. Birinchidan, bu sanksiyalar Qozog‘iston iqtisodiyoti rivojiga salbiy ta’siri ko‘rsatmasligi, ikkinchidan, bizning hududimizdan ushbu sanksiyalarni chetlab o‘tish maqsadida foydalanilmasligi kerak», — dedi u.

Avvalroq Timur Suleymenov Euractiv nashriga bergan intervyusida Qozog‘iston Ukrainaning hududiy yaxlitligini hurmat qilishini hamda Qrim va Donbass hududlari bo‘yicha BMT qarorlariga amal qilish niyatida ekanini aytgandi.

«Albatta, Rossiya ko‘proq uning tarafida bo‘lishimizni xohlaydi. Ammo Qozog‘iston Ukrainaning hududiy yaxlitligini hurmat qiladi. Biz Qrim bilan bog‘liq vaziyatni ham, Donbass bilan bog‘liq vaziyatni ham tan olmadik va tan olmaymiz, chunki BMT ularni tan olmaydi. BMT darajasida qabul qilingan qarorlarnigina amalga oshiramiz», — dedi prezident ma’muriyati rahbarining birinchi o‘rinbosari.

Sulaymenovning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston rasmiylari mamlakat AQSH va Yevropa Ittifoqining ikkilamchi sanksiyalariga duchor bo‘lishini istamaydi. «Shuning uchun biz sanksiyalangan tovarlarni nazorat qilish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz», — deya qo‘shimcha qildi u.

Eslatib o‘tamiz, 17 mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ukraina atrofida bo‘layotgan mojaro yuzasidan O‘zbekistonning pozitsiyasini aytgandi.

«O‘zbekiston Ukraina mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan oladi. Biz Lugansk va Donetsk mustaqilligini tan olmaymiz», — deya ta’kidlagan TIV rahbari.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston LXR va DXR mustaqilligini tan olmasligini ma’lum qildi