17:22 / 06.04.2022
998

Moskvada o‘zbekistonlik va tojikistonlik migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi

Moskvada o‘zbekistonlik va tojikistonlik migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi
Rossiya poytaxtida o‘zbekistonlik va tojikistonlik migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Unda aytilishicha, voqea 1 aprel kuni soat 09:00 larda Moskvadagi «Serdse stolitsi» turar joy majmuasi qurilishi hududida yuz bergan va 125 kishi qo‘lga olingan.

«Dunyo» axborot agentligi xabariga ko‘ra, voqea joyiga zudlik bilan huquq-tartibot organlari xodimlari yetib kelib, salbiy holatlarning oldini olgan. Jabrlanganlar yo‘q. Janjalda 120 dan ortiq kishi ishtirok etgani haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Videoda ko‘ringan bir to‘da kishilar shunchaki holatni kuzatib turgan. Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida mojaro ishtirokchilari hududiy ichki ishlar bo‘limlariga olib ketilgan.

Ayni paytda qo‘lga olinganlarga nisbatan «mayda bezorilik» moddasi bo‘yicha ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan. Sud organlari fuqarolarni ma’muriy qamoqqa olish to‘g‘risida qaror chiqargan. Politsiya xodimlari huquqbuzarlarni Rossiyadan deportatsiya qilish uchun sudga iltimosnoma ham tayyorlamoqda.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi holatni nazoratga olgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvada o‘zbekistonlik va tojikistonlik migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi