Pskovdan bo‘lgan 60 nafar atrofidagi harbiy xizmatchi Ukraina hududiga harbiy harakatlarda ishtirok etish uchun borishdan bosh tortgan. Bu haqda o‘z manbasiga asoslangan holda «Pskovskaya guberniya» xabar tarqatdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, urushning ilk kunlarida ular Belarus hududiga yuborilgan, ammo keyin Pskovdagi doimiy manzillariga qaytishgan. «Hozirda ularning ko‘pchiligi ishdan bo‘shatilgan, ammo ayrimlariga jinoiy ish ochilishi bilan tahdid qilinmoqda», — deya yozadi «Pskovskaya guberniya».
OAVda bungacha ham shu kabi holatlar haqida xabar berilgandi. Dastlab Krasnodar o‘lkasi Rosgvardiyasining 12 jangchisi Ukrainaga borishdan bosh tortgani haqida xabarlar tarqalgandi, keyin Xakasiya Rosgvardiyasining 11 jangchisi, Qrimdagi dengiz piyodalarining 80 nafarga yaqini, Kaliningraddagi shartnoma asosidagi harbiylar hamda Janubiy Osetiya harbiy xizmatchilarining 300 nafarga yaqini Ukrainada jang qilishga rozi bo‘lmagani ma’lum bo‘lgandi.
Yurist Maksim Grebenyuk, «Voyenniy ombudsmen» loyihasi muallifi «Mediazona» bilan suhbatda Rossiya regionlaridan birida 500 nafardan ortiq harbiy xizmatchi urushga borishdan bo‘yin tovlagani haqida aytgan. Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi