Ukrainada urush boshlanganiga 42-kundan oshdi. Pentagon Rossiya qo‘shinlari Kiyev va Chernigov viloyatlarini to‘liq tark etganini xabar qildi. Yo‘qotishlar hisoblandi: Chernigovning 70 foiz qismi vayron qilingan, Kiyev yaqinida yuzlab tinch aholi halok bo‘lgan. Ukraina hukumati Donetsk va Lugansk viloyatlari aholisini zudlik bilan evakuatsiya qilishga chaqirmoqda. Rossiya qo‘shinlari Severodonetsk va Lisichanskni bombardimon qilmoqda. Meduza urush zonasidan olingan 6 aprel suratlarini jamladi.
Chernigovdagi vayron qilingan uy. Shahar bir necha hafta davomida keng ko‘lamda o‘qqa tutildi.
Foto: EPA
Chernigovda ukrainalik harbiy xizmatchi Su-34 jangovar rus samolyotining parchasini ushlab turibdi. 7 aprel kuni Pentagon shaharda Rossiya qo‘shinlari qolmaganini ma’lum qildi.
Foto: Reuters
Chernigovliklar vayron qilingan «Ukraina» mehmonxonasi yonidan o‘tmoqda. Chernigov merining aytishicha, shaharning 70 foizi yo‘q qilingan.
Foto: Reuters
Buchalik erkak uyi yonida. Uning aytishicha, qo‘lini bosqin paytida rus askarlari sindirgan.
Foto: Reuters
O‘g‘lining qabrida ustida turgan buchalik keksa ayol. Marhum uy bog‘iga dafn etilgan.
Foto: AFP
Buchada odamlar telefonlarini quvvatlantirmoqda.
Foto: AFP
Buchada o‘ldirilgan odamlarning ro‘yxati tuzilmoqda. Mart oyida Buchada jami 340 kishi dafn etilgan, deyiladi shahar dafn marosimi xizmati ma’lumotida. Odamlar ommaviy qabrlarga va turar joy binolari hovlilariga dafn etilgan.
Foto: Getty Images
Snaryadlar orasida o‘tirgan mushuk. Ulardan ba’zilari chekinayotgan rus qo‘shinlari tomonidan qoldirib ketilgan, ba’zilari vayron qilingan texnikalardan olingan. Berdyansk tumani, Andreyevka qishlog‘i.
Foto: AP Photo
Uy-joyidan ayrilgan ukrainaliklar Zaporojedagi qochqinlarni qabul qilish markaziga ketmoqda.
Foto: AFP
O‘yinchoqlarini sotayotgan maktab o‘quvchilari. Tushgan pulni ular Ukraina askarlari uchun o‘q o‘tkazmaydigan zirh sotib olishga topshirmoqchi. Odessa.
Foto: AFP
Ukrainalik askarning onasi o‘g‘lining tobuti ustida yig‘lamoqda. Askar Lvovdagi Lychakiv qabristoniga dafn etildi.
Foto: AFP
Bolalar bog‘cha derazalarini berkitib turgan qumli qoplarni tomosha qilmoqda. Lvov.
Foto: Getty Images
Severodonetskda o‘t ochishlardan keyingi yong‘in. Luganskning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan ushbu shaharni Ukraina qo‘shinlari nazorat qilmoqda.
Foto: AFP
Rossiya harbiylarining aviazarbasiga uchragan uydagi oilaviy surat. Borodyanka, Kiyev viloyati. Ukraina bosh prokurori Irina Venediktova Borodyankaning ozod qilingan hududlarida vaziyat Buchadagidan ham yomonroq bo‘lishi mumkinligini aytdi.
Foto: Sopa Images Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi