
Foto: Twitter / @UkrEmbLondon
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson avval e’lon qilinmagan tashrif bilan Kiyevga keldi. Bu haqda Ukraina prezidenti ofisi rahbarining o‘rinbosari Andrey Sibixa ma’lum qildi.
“Ayni vaqtda Boris Jonsonning Kiyevga tashrifi prezident Zelenskiy bilan yuzma-yuz uchrashuvi bilan boshlandi”, deb yozdi u.
Ukrainaning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi o‘z "Tvitter" sahifasida ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi tasvirlangan fotosuratni joylashtirdi.
Avvalroq Jonson Ukrainaga 100 mln funt sterlinglik qo‘shimcha harbiy yordam berilishini aytgandi.
Shanba kuni Avstriya kansleri Karl Nehammer Ukrainaga tashrif buyurgani xabar qilingandi. U Kiyevda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, bosh vazir Denis Shmigal va Kiyev meri Vitaliy Klichko bilan uchrashuvlar o‘tkazishi aytilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar