
Bruklin, Viktoriya va Devid Bekhemlar.
Viktoriya (qo‘shiqchi, modeler) va Devid Bekhem (futbol yulduzi)ning katta o‘g‘li Bruklin Bekhem uylandi.
Bruklinning turmush o‘rtog‘i aktrisa Nikola Pelts — sarmoyalar bilan shug‘ullanuvchi milliarder Nelson Peltsning qizi. To‘y Palm-Bich (Florida shtati, AQSH)da, Peltslar oilasiga qarashli maskanda 9 aprel sanasida bo‘lib o‘tgan.

Bruklin Bekhem va Nikola Pelts
Marosim roppa-rosa soat 18:00 da boshlangan. Xabarga ko‘ra, okean bo‘yidagi ushbu manzilda ko‘plab chodirlar tortilib, to‘yxonaga aylantirilgan.
«Sky News» yozishicha, to‘y tantanalariga $3,6 mln atrofida sarflangan. Mehmonlarga suratga olish taqiqlandi, chunki yosh kelin-kuyov voqeani yoritish huquqini «Vogue» jurnaliga sotgandi.
Darvoqe, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Peltslar Bekhemlardan 10 chandon boyroq. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar