21:15 / 10.04.2022
2 393

Samolyot «stoyankasi» necha pul?

Samolyot «stoyankasi» necha pul?
Foto: aviation-images.com/Universal Images Group via Getty Images
Dubay aeroportida rossiyalik boylarga daxldorligi aytilayotgan 100 dan ziyod samolyotlardan iborat «stoyanka» paydo bo‘ldi, deb yozmoqda «Business Insider».

Amirliklar sanksiya kiritmagani uchun ham rus tadbirkorlari o‘z biznes-jetlarini o‘shayoqqa uchirgandi. Oson kelib olishdi-ku, biroq Yevropa Ittifoqi va AQSH cheklovlari bu samolyotlarning qaytib uchib ketishini qiyinlashtiradi...

Dubayda hozir Roman Abramovichga qarashli 250 million dollarlik «Boeing 787 Dreamliner»ni yoki Arkadiy Rotenbergning «Bombardier BD700 Global Express»ini uchratish mumkin.

Balki milliarderlar uchun arzimas chaqadir, ammo Dubay aeroportida samolyotning sutkalik «stoyankasi» taxminan 1000 dollar, kuniga 100 ming «ko‘ki» — boshlanishiga chakkimas...

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Samolyot «stoyankasi» necha pul?