Foto: TASR/AP
Saudiya Arabistoni podshohligi haj va umra vazirligi «Haj-2022» mavsumida, pandemiya hamon davom etayotganini hisobga olib, chet ellik va mahalliy hojilarga jami 1 million kishi uchun haj ibodatini amalga oshirishga ruxsat bergan.
O‘zbekiston Musulmonlari idorasining ma’lum qilishicha, «Haj-2022» mavsumida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan yosh chegarasi 65 yoshgacha etib belgilandi.
«Shuningdek, barcha ziyoratchilar podshohlik Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tgan va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotida tasdiqlangan Pfizer/BioNTech (AQSH-Xitoy), Oxford-AstraZeneca (Buyuk Britaniya-Shvetsiya), Moderna (AQSH) va Johnson & Johnson (AQSH) vaksinalarining 2 dozasini qabul qilgan bo‘lishi zarur.
Xorijlik hojilar Saudiya Arabistoniga kirishdan 72 soat oldin koronavirus tashxisi haqida manfiy natijali PTSR ma’lumotnomasini taqdim etishi lozim.
Podshohlik Haj va umra vazirligi hojilarning ibodat amallarini bajarish davomida o‘z sog‘liqlarini saqlash uchun ehtiyotkorlik shartlari va qoidalariga to‘liq amal qilishlari zaruratini qat’iy talab qilmoqda», deyiladi idora bayonotida.
Ma’lum qilinishicha, mazkur masala «Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha Jamoatchilik Kengashi hamda O‘zbekistonning Jidda shahridagi Bosh konsulligi «Haj» va «Umra» masalalari bo‘yicha attashesi bilan hamkorlikda muvofiqlashtirilmoqda.
Idora xabarida Haj mavsumi uchun to‘lovlar bo‘yicha ma’lumot berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yildan O‘zbekiston fuqarolari uchun haj kvotasi 5200 dan 7200 nafargacha oshirilgan edi.
Haj mavsumi joriy yil taxminan iyul oyining boshlariga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda. Musulmonlar idorasi avvalroq, Ramazon oyida umra ziyorati uchun to‘lovlar oshirilishi hamda Umra safarini sayyohlik firmalari orqali ham qisman tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi