2 093
Zelenskiy uy qamog‘idan qochib ketgan «Putinning qadrdoni» hibsga olinganini ma’lum qildi
Foto: Telegram
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardagi o‘z sahifalarida «Muxolifat platformasi — Hayot uchun» partiyasi rahbari Viktor Medvedchukning hibsga olinganini xabar qildi. Ukraina davlat rahbari siyosatchining harbiy libosda qo‘llariga kishan taqilgan holda o‘tirgani aks etgan fotosuratni xabarga ilova qilgan.
«Ukraina xavfsizlik xizmati maxsus operatsiyani muvaffaqiyatli bajardi, barakalla», — deb yozgan Ukraina prezidenti. Zelenskiy Medvedchukning qanday qo‘lga tushirilgani yuzasidan tafsilotlarni keyinroq oshkor etishini bildirgan. Ukraina xavfsizlik xizmati ham hibsga olingan siyosatchi fotosuratini tarmoqqa yuklagan.
2021 yil may oyida Ukraina bosh prokuraturasi Medvedchukni davlatga xiyonatda ayblagan, sud unga uy qamog‘iga yuborgandi. Siyosatchi sud qaroriga ko‘ra o‘tirishi lozim bo‘lgan joyni, Rossiya 2022 yil fevral oyida Ukrainada harbiy operatsiyalar o‘tkazishni boshlaganidan keyin tark etgan. Medvedchukning vakillari uning Kiyevda qolishini aytgan. Mart oyida «Muxolifat platformasi — Hayot uchun» partiyasining Ukrainadagi faoliyati to‘xtatilgan.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Medvedchukning Kiyevda hibsga olingani haqidagi axborotni tasdiqlamagan.
«Mazkur xabarning qayd darajada haqqoniyligi yuzasidan aniq bir nima ayta olmayman. Tasdiqlaydigan axborotlarsiz nimadir deyish qiyin… Ukrainada feyk xabarlar shu darajada ko‘p, ularning soni mamlakatda qanday saralanayotganiga ham shubham bor», — degan u.
Viktor Medvedchuk Ukrainadagi Rossiya tarafdori bo‘lgan eng obro‘li siyosatchilardan biri hisoblanardi. OAVda uni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning «qadrdoni» deb ham atashgan. 2019 yilda Medvedchukga nisbatan davlatga xiyonat bo‘yicha ish qayta boshlangan, biroq jarayon sudgacha yetib bormasdan yopilgandi.
Medvedchuk bilan birgalikda davlatga xiyonatda uning hammaslagi Taras Kozak ham ayblangan. Ular tabiiy resurslarni o‘zlashtirish, Rossiya maxsus xizmatlariga davlat sirlarini oshkor etish va Ukrainaga qarshi faoliyat bilan shug‘ullanganlikda gumon qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"