
13 aprel kuni Ukraina armiyasi «Moskva» raketa kreyseriga (Qora dengiz flotining flagmani) hujum uyushtirganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi esa Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyada qo‘poruvchilik harakatlarini davom ettiraversa, Kiyevdagi markazlarga zarba berish bilan tahdid qildi. Rossiya armiyasi Mariupolga hujumni davom ettirmoqda.
Ukraina xavfsizlik xizmati «Putinning qadrdoni» Viktor Medvedchukning hibsga olinishi tafsilotlarini ma’lum qildi – unga ko‘ra, davlatga xiyonatda ayblanayotgan siyosatchining mamlakatdan qochishi rejasi Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan tayyorlagan. Meduza urushning qirq to‘qqizinchi kunida harbiy harakatlar zonasidan olingan suratlarni jamladi.

Artilleriya hujumlaridan aziyat chekkan Xarkovdagi turar joy binosi hovlisida yurgan odamlar.
Foto: Reuters

Xarkovdagi vayron qilingan kvartirada xonadon egasining jasadi.
Foto: Reuters

Ukrainalik askar qurollarini ko‘zdan kechirmoqda, Barvenkovo, Xarkov viloyati.
Foto: Reuters

Rossiyaning T-72 tanki yonida turgan Ukraina harbiy xizmatchilari, Donetsk.
Foto: Reuters

Kiyevdagi ukrainalik askar. Urushdan oldin u yirik savdo menejeri edi. Tez orada uning bataloni Ukrainaning sharqiy qismiga jo‘natiladi.
Foto: Sopa Images

Boshpanaga kiraverishda turgan qizcha. Severodonetsk, Lugansk viloyati.
Foto: AFP

Yerto‘lada tug‘ilgan kun nishonlanmoqda.
Foto: AFP

Chernigov chetida Rossiya qo‘shinlari tomonidan o‘qqa tutilib vayron bo‘lgan uylar.
Foto: AP Photo

Ayol yer bilan yakson qilingan uyiga qaramoqda.
Foto: AP Photo

Borodyankada vayron bo‘lgan kvartiraning polidagi siniq idishlar. Rossiya qo‘shinlari Kiyev viloyatidan olib chiqilgach, ukrainalik qutqaruvchilar vayronalarni demontaj qilmoqda.
Foto: Getty Images

Borodyankadagi qutqaruvchilar. Vayronalar ostidan odamlarni chiqarib olish davom etmoqda. Halok bo‘lganlarning aniq soni noma’lum.
Foto: Getty Images

Mariupoldagi yonib ketgan turar joy binosi oldida o‘tirgan ayol.
Foto: Reuters

Mariupolning bosib olingan qismidagi Rossiya harbiy xizmatchilari.
Foto: «TASS»

Mariupolning Levoberejniy tumanida marhumning jasadi. Bu hudud front chizig‘iga aylanib qoldi, dedi Mariupol merining maslahatchisi Petr Andryushchenko.
Foto: «TASS» “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar