13:36 / 15.04.2022
1 350

Xonanda Selena Gomes ortiqcha vaznini tanqid qilgan xeyterlarga murojaat qildi

Xonanda Selena Gomes ortiqcha vaznini tanqid qilgan xeyterlarga murojaat qildi
Foto: Elle Girl
Karerasi davomida Selena Gomes bir necha marta o‘z muxlislari bilan his-tuyg‘ulari va tashqi ko‘rinishiga bo‘lgan munosabati haqida o‘rtoqlashgan. 2019 yilda qo‘shiqchi «Giving Back Generation» podkastida vaznining u yoki bu tomonga siljishi uning volchanka kasalligi bilan bog‘liqligini aytib o‘tgan, deb yozadi Elle Girl.

Ammo xeyterlar bunga parvo qilmadi. Selena esa ularga munosib javob qaytardi. Ijtimoiy platformalardan birida muxlislar bilan muloqotda bo‘lgan qo‘shiqchi vaqti-vaqti bilan uning sahifasida salbiy sharhlar qoldiradigan trollarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qildi:

Foto: Pinterest
«Ha, men qomatimni saqlab qolishga harakat qilaman, lekin ba’zida qahvaxonaga kirib, to‘rtta tako, piyozli halqachalar, uchta tuxumli rulet va achchiq tovuqli sendvich olaman, — dedi u. — To‘g‘risini aytsam, men vaznimga ahamiyat bermayman, chunki odamlar baribir kovlashtiradi. Sen juda kichiksan yoki juda gavdalisan. Xullas, hech qachon rozi bo‘lishmaydi».

Foto: Pinterest
Shuningdek, Selena nima bo‘lganda ham o‘zini baribir mukammal deb bilishini qo‘shimcha qilib o‘tgan. Bu xonandaning vazni haqidagi birinchi tanqid emas. 2015 yilda Selenaning suzish kiyimidagi suratiga ham bir qancha salbiy fikrlar bildirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xonanda Selena Gomes ortiqcha vaznini tanqid qilgan xeyterlarga murojaat qildi