23:06 / 15.04.2022
2 246

Rossiyaning Ukraina bilan urushdagi eng qimmat yo‘qotishlari

Rossiyaning Ukraina bilan urushdagi eng qimmat yo‘qotishlari
13 aprel kuni Odessa yaqinida Rossiyaning “Moskva” kreyserida portlash sodir bo‘ldi. Ukraina “Neptun” rusumli raketalar bilan hujum qilganini iddao qilmoqda. Rossiya, o‘z navbatida, "Moskva"da o‘q-dorilar portlaganini aytgan.

Raketa kreyseri Gruziya, Suriyadagi urushlarda qatnashgan, 2014 yilda esa kema Donuzlavda Ukraina kemalarini to‘sib qo‘ygan. 2016 yildan buyon kema ayanchli texnik holat tufayli dengizga chiqarilmagan.

2020 yilda “Moskva” modernizatsiya qilinib uch yillik kapital ta’mirlashni yakunladi.

24 fevralda, Rossiya hujumlarining birinchi kunida “Moskva” raketa kreyseri Zmeiniy oroliga hujumda ishtirok etgandi. U yerda taslim bo‘lish taklifiga javoban, dunyoga tarqalib ketgan ibora aynan shu kreyserga qarata aytilgan edi.

16 ta qanotli raketaga ega “Moskva” raketa kreyseri ishdan chiqqanidan keyin Rossiya Qora dengiz floti kemalarining Qora dengizdagi umumiy qanotli raketalari soni 72 tadan 56 taga kamaydi, degan Qora dengiz strategik tadqiqotlar instituti rahbari Andrey Klimenko.

«Moskva» kreyseridan oldin Rossiya uchun eng qimmat yo‘qotish Il-76 katta desant samolyoti bo‘lgan edi. Uning qiymati 86 million dollarni tashkil etadi. Umumiy olganda, Ukraina armiyasi 3,8 milliard dollarlik 160 ta samolyotni yo‘q qilganini aytmoqda.

Il-26 dan keyin yo‘q qilingan yirik desant kemasi “Saratov” 75 million dollarga baholangan edi. Ukraina kuchlari 24 mart kuni unga hujum qildi. Bu Rossiya Federatsiyasining bosib olingan portga kirib, harbiy texnika, shu jumladan zirhli jangovar mashinalarni yetkazib bergan birinchi jangovar kemasi edi. “Saratov” 2014 yilda Qrimning anneksiya qilinishida ham ishtirok etgan.

Forbes to‘liq miqyosli hujum boshlanganidan beri Rossiya texnikalarining jami 1,09 milliard dollardan ortiq eng qimmat yo‘qotishlarini e’lon qildi.

- "Moskva" raketa kreyseri - 750 million dollar.
- Il-76 transport samolyoti - 86 million dollar.
- Katta desant kemasi - 75 million dollar.
- 10 ta Su-30SM qiruvchi samolyoti - 50 million dollar.
- 20 ta qiruvchi-bombardimonchi - 40 million dollar.
- 3 ta Su-35 qiruvchi samolyoti - 32 million dollar.
- Il-22PP radioelektron jangovar samolyoti - 30 million dollar.
- 10 ta Ka-52 qo‘mondonlik jangovar vertolyotlari - 16 million dollar.
- Ka-50 hujum vertolyoti - 16 million dollar.
- "Pansir-S1" zenit-raketa kompleksi - 14 million dollar. Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaning Ukraina bilan urushdagi eng qimmat yo‘qotishlari