13:00 / 17.04.2022
1 760

Rossiya QK Mariupoldagi millatchilarga qurollarini topshirishni taklif qildi

Rossiya QK Mariupoldagi millatchilarga qurollarini topshirishni taklif qildi
Rossiya Qurolli kuchlari (QK) Mariupoldagi “Azovstal” metallurgiya kombinatida qurshovda qolgan millatchilar va xorijlik yollanma askarlarga 17 aprel kuni qurollarini topshirishni taklif qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar bermoqda.

- “Azovstal” metallurgiya kombinatida yuzaga kelgan halokatli vaziyatni inobatga olib hamda insonparvarlik tamoyillaridan kelib chiqib, Rossiya Qurolli kuchlari millatchi batalonlar jangarilari va xorijlik yollanmalarga 2022 yil 17 aprel kuni Moskva vaqti soat 06:00 dan har qanday jangovar harakatlarni to‘xtatish va qurollarni topshirishni taklif qiladi, - deyilgan xabarda.

Vazirlik qurolini topshirganlarga ular hayotda qolishlariga kafolat berilishini ta’kidlagan. Sukunat rejimi soat 06:00 da boshlanadi. Bu vaqtda har ikki tomon bayroqlarini ko‘tarishlari kerak: Rossiya tomoni – qizil, ukrainalik harbiylar – oq.

Ukraina qurolli bo‘linmalari hamda xorijlik yollanmalar soat 06:00 dan boshlab soat 13:00 gacha (Moskva vaqti bilan) hech qanday qurolsiz va o‘q-dorisiz o‘z pozitsiyalaridan chiqishlari kerak.

Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy Kiyev Mariupoldagi “Azovstal” metallurgiya kombinatida qurshovda qolgan millatchilarga ular Rossiya QKga asirga tushishga urinishmoqchi bo‘lishsa, otib tashlash bilan tahdid qilayotganini qayd etgan.

13 aprel kuni Mariupol shahrida 1026 nafar ukrainalik harbiy xizmatchilar ixtiyoriy ravishda qurollarini topshirib, asirga tushishgani xabar qilingan edi. Ertasi kuni Rossiya Mudofa vazirligi yana 134 nafar ukrainalik harbiy asirga tushganini ma’lum qildi.

Mariupol1, Azovstal1, Qurshovda qolgan millatchilar1, Qurollarni topshirish1 Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya QK Mariupoldagi millatchilarga qurollarini topshirishni taklif qildi