22:20 / 17.04.2022
5 699

AQSH ittifoqchilari Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llashdan bosh tortmoqda

AQSH ittifoqchilari Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llashdan bosh tortmoqda
Foto: Shutterstock
AQSHning ittifoqchilari, jumladan, Afrika, Lotin Amerikasi va Osiyo davlatlari Vashingtonning Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llash yoki Ukrainadagi harbiy amaliyoti uchun «hech bo‘lmaganda uni tanqid qilish» haqidagi so‘rovlarini rad etdi, deb yozmoqda Britaniyaning The Economist jurnali.

Qo‘shma Shtatlar uchun eng noqulay pozitsiyani Hindiston egallab turibdi: bu mamlakat rasmiylari Rossiyani Ukrainadagi xatti-harakatlari uchun qoralashdan «doimiy ravishda qochmoqda», deyiladi maqolada.

Ko‘pgina davlatlar tijoriy manfaatlari, mafkuraviy e’tiqodi va strategik ambitsiyalari tufayli Moskvani tanqid qilishdan o‘zini tiyadi, deydi material mualliflari. Jurnalistlar misol tariqasida gazga bo‘lgan ehtiyojining 45 foizi Rossiya tomonidan qoplanadigan Turkiyani keltirmoqda.

Rossiya qo‘shinlari 24 fevral kuni Ukraina hududiga bostirib kirganidan so‘ng G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi keng ko‘lamli sanksiyalar kiritdi. Xususan, AQSH, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Yaponiya tomonidan ham tegishli cheklovlar joriy etildi. Lotin Amerikasi va Afrika davlatlari esa sanksiyalarga qo‘shilmadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH ittifoqchilari Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llashdan bosh tortmoqda