Foto: 8pm News
19 aprel kuni Shri-Lankaning Rambukkana shahrida politsiya namoyishchilarga qarata o‘t ochdi. Oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 10 dan ortiq odam jarohatlandi, deb yozmoqda 8pm News.
Nashrning yozishicha, namoyishchilar yonilg‘i narxini yana oshirish to‘g‘risidagi qarorga norozilik bildirib chiqqan paytda xavfsizlik kuchlari bilan to‘qnashuv yuz bergan va politsiya odamlarga o‘q uzgan. Voqeadan keyin mahalliy aholi Rambukkanadagi politsiya bo‘limini o‘rab olib, binoga tosh otgan.
18 aprel kuni Shri-Lankadagi neft va gaz kompaniyasi Seylon neft korporatsiyasi (CPP) tomonidan yonilg‘i narxlarining oshishi to‘g‘risida qaror qabul qilgandan so‘ng, bunga qarshi dastlabki namoyish 15 soat davom etgandi. Unda Shri-Lanka politsiyasi namoyishchilarni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan.
OAV xabarlariga ko‘ra, Shri-Lanka hozirda Osiyo davlatlari orasida eng yuqori inflyatsiyaga duch kelmoqda. Respublikada oziq-ovqat va yonilg‘i yetkazib berishda uzilishlar, importga to‘lov uchun dollar taqchilligi kuzatilmoqda. 12 aprel kuni Shri-Lanka tashqi majburiyatlarini bajara olmadi.
Mamlakatdagi og‘ir iqtisodiy vaziyat tufayli ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi. Shu sababli Shri-Lanka prezidenti Gotabaya Rajapaksa mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi. Ko‘p o‘tmay Shri-Lanka hukumati mamlakatdagi keng ko‘lamli namoyishlar fonida iste’foga chiqdi.
Bundan tashqari, iqtisodiy inqirozga qarshi norozilik namoyishlari fonida prezident ukasini moliya vaziri lavozimidan bo‘shatdi. Shri-Lanka rahbarining o‘zi, noroziliklarga qaramay, o‘z lavozimini tark etishdan bosh tortdi, biroq yana uch nafar qarindoshini Vazirlar Mahkamasidan chetlatdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi