“Rai Al Youm” Saudiya Arabistoni o‘z qiziqishlarini Rossiya va Xitoy tomonga qaratayotganini qayd etdi.
Saudiya Arabistoni dunyo maydonida Amerika nufuzi tushib borayotgani ortidan Qo‘shma Shtatlardan yuz o‘girib, Rossiya va Xitoyga qo‘shilishga qaror qildi, deb hisoblamoqda sharhlovchi Xalid al Jausiy.
“Ibn Salmon, ehtimol, 80 yil davomida Saudiya Arabistonining strategik ittifoqchisi bo‘lgan Amerikadan yuz o‘girishga va yangi Rossiya-Xitoy alyansiga qo‘shilishga qaror qildi. Bu nafaqat Fors ko‘rfazi mintaqasida, balki butun Yaqin Sharqdagi tubdan o‘zgarishlar haqida signal beradi”, - deyiladi ekspertning “Rai Al Youm” nashrida chop qilingan maqolasida.
Al Jausiy valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon al Saud bir necha kun ichida Rossiya va Xitoy yetakchilari bilan telefon orqali suhbatlashganini inobatga olib shunday fikrni bildirgan.
U Ar-Riyod va Vashington munosabatlari Podshohlik valiahd shahzodasi bilan hamkorlik qilishni istamasligini aytgan prezident Jo Bayden davrida yomonlashganini eslatgan. Xususan, Muhammad bin Salmon al Saud Amerika yetakchisining Ukrainadagi harbiy operatsiya tufayli Moskvaga qarshi kiritilgan G‘arb sanksiyalari ortidan narxni pasaytirish uchun neft qazib olishni ko‘paytirish iltimosini rad etgan.
Eslatib o‘tamiz, fevral oxiridan buyon Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Saudiya Arabiston valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon al Saud o‘rtasida ikki marta telefon suhbati bo‘lib o‘tdi. Birinchi suhbat 3 mart, ikkinchi esa 16 aprel kuni bo‘lib o‘tdi. Suhbat chog‘ida yetakchilar ikki tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishgan.
Saudiya Arabistoni1, Amerikadan yuz o‘girish1, Rossiya va Xitoyga qo‘shilish1, Muhammad bin Salmon1 “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?