
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Pskovda joylashgan 76-gvardiya havo-desant diviziyasi komandirini almashtirdi. General-mayor Sergey Chubarikin o‘rniga polkovnik Denis Shishov qo‘mondon etib tayinlandi.
Shishov ushbu tayinlovga qadar 11-havo desant-hujumi brigadasini boshqargan. Ukrainadagi urush paytida u Xerson viloyatidagi Kaxovka yaqinida Dneprni kesib o‘tgan brigada bo‘linmasini boshqargan. Shishov Rossiya Qahramoni unvoniga ega.
Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi mazkur diviziya harbiylarini «Kiyev viloyatida tinch aholiga qarshi urush jinoyatlarini amalga oshirgan»likda ayblagandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar