1 337
Ukrainadagi urushda bo‘lib qaytgan rossiyalik jurnalist: Kadr ortida qolgan narsalar haqida
Yelena Kostyuchenko Ukrainaga Rossiyaning «Novaya gazeta» muxbiri sifatida borgan edi. Uning Odessa, Xerson va Nikolayev shaharlarida tayyorlangan reportajlari ushbu gazetada senzura cheklovlari bilan e’lon qilingan. Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga rioya qilinganiga qaramay, Bosh prokuratura va «Roskomnadzor» talabi bilan matnlar o‘chirib tashlangan, «Novaya gazeta» esa o‘z ishini to‘xtatishga majbur bo‘lgan.
«Novaya gazeta. Yevropa» nashri uchun maxsus ravishda Yelena Kostyuchenko Ukrainadagi urushda o‘zi ko‘rgan narsalar haqida gapirib berdi.
— Buchada o‘ldirilganlarning fotosuratlarini ko‘rgandan keyin, ular ichingizda umrbod qoladi, xuddi abadiy siymolar kabi. Lekin o‘sha yerga, urushning ichiga tushib qolganingizda, har bitta siymo tugal ma’no kasb etadi. Buni fotosuratlar yetkazib bera olmaydi, men juda kuchli his qilgan narsa shuki, bu Ukraina uchun shunchaki urush emas — bu Ukraina uchun Buyuk Vatan urushi. Bu — xalq juda jips bo‘lib birlashgan lahza, bu ayni vaqtda sodir bo‘lmoqda.
Hamma odamlar birlashgan: maskirovka to‘rlari bolalar bog‘chalarida to‘qilmoqda; Molotov kokteyllari maktablarda tayyorlanmoqda; odamlar hududiy mudofaaga yozilish uchun pora oladiganlarni qidirmoqda (hozir hududiy mudofaaga kirib bo‘lmaydi); odamlar ko‘ngilli sifatida frontga bormoqda, va harbiy komissariatlar (voyenkomat) oldidagi navbatlar haqidagi hikoyalarning barchasi — haqiqat. Bu navbatlarni, odamlar birlashishi lahzasini o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rganman.
Volontyorlik (ko‘ngillilar) harakati ham g‘oyat katta: u butun Ukrainani qamrab oladi. Butunlay turlicha kasblar, har xil hayot tajribalariga ega odamlar boshqalarga yordam berish uchun uyushmoqda. Ular berayotgan ko‘makning qamrovi keng.
Bu urushda men nuqul sovqotardim: bu haqiqatan ham juda sovuq bahor bo‘ldi va bo‘lyapti. Ukrainlarning shunday gapi bor: «La’nati ruslar bahorni o‘g‘irladi». Bahor juda sovuq bo‘lyapti. Isitish tizimi o‘chirilgan, infratuzilma izdan chiqqan aholi punktlarida, shaharlarda odamlar yashash uchun sovuq bilan kurashdi. Sovuq ham jiddiy dushman, lekin uni fotosuratlarda ko‘rib bo‘lmaydi.
Va umuman olganda, urushdagi maishiy hayot: ovqat qidirish va tayyorlashga yoki A nuqtadan B nuqtaga borishga ketadigan vaqt; komendantlik soati qancha vaqtni olib qo‘yishi; yurgan mish-mishlar, ularni tekshirib ko‘rishga (qay biri haqiqat-u, qay biri yolg‘onligini) urinishlar — bularning barchasi ham kadr ortida qoladi.
Davomi bor... Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot