15:37 / 21.04.2022
1 287

Ukrainadagi urushda bo‘lib qaytgan rossiyalik jurnalist: Odamlarning o‘g‘irlanishi haqida

Ukrainadagi urushda bo‘lib qaytgan rossiyalik jurnalist: Odamlarning o‘g‘irlanishi haqida
Yelena Kostyuchenko Ukrainaga Rossiyaning «Novaya gazeta» muxbiri sifatida borgan edi. Uning Odessa, Xerson va Nikolayev shaharlarida tayyorlangan reportajlari ushbu gazetada senzura cheklovlari bilan e’lon qilingan. Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga rioya qilinganiga qaramay, Bosh prokuratura va «Roskomnadzor» talabi bilan matnlar o‘chirib tashlangan, «Novaya gazeta» esa o‘z ishini to‘xtatishga majbur bo‘lgan.

«Novaya gazeta. Yevropa» nashri uchun maxsus ravishda Yelena Kostyuchenko Ukrainadagi urushda o‘zi ko‘rgan narsalar haqida gapirib berdi.

— Xersonda vaziyat ancha qo‘rqinchli bo‘lishiga qaramasdan, odamlar mitinglarga chiqishda davom etmoqda. Shunisi qo‘rqinchliki, odamlar yo‘qolib qolmoqda. Istilo boshidan buyon o‘g‘irlab ketilgan yoki g‘oyib bo‘lgan 44 kishining ism-sharifini bilaman. Agar ular o‘g‘irlab ketilgan bo‘lsa, buni «Z» harflari tushilgan Rossiya harbiy formasini kiygan odamlar qilgan. Kishining boshiga qora axlat qopini kiydirib, uyidan chiqarib ketishadi. Yoki bo‘lmasa, odamlar Rossiya blokpostlarida g‘oyib bo‘lmoqda. Ularning undan keyingi taqdiri noma’lum.

Biroq men dastlab g‘oyib bo‘lib, keyinroq qaytib kelgan bir necha kishini topdim va ularning hikoyalaridan qayerda saqlanganini bilib oldim. Bu Teploenergetiklar ko‘chasi 3-uydagi sobiq tergov izolyatsiyasi bo‘lib, u yerda Rossiya istilo ma’murlari improvizatsion qamoqxona tashkil qilgan. Odamlarni do‘pposlashadi, so‘roq qilishadi, so‘ng yana do‘pposlashadi. U yerdan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan odamlar so‘zlariga ko‘ra, ikki nafar chet el — Ispaniya va Niderlandiya fuqarolari ham bor. Ular achinarli holatda, Niderlandiya fuqarosi esa o‘lim yoqasida.

Shaharning yetakchi Telegram-kanallarini qidirishmoqda, chunki Xersondagi an’anaviy OAVlar ishlashdan deyarli to‘xtagan. Jurnalistlar, faollar, volontyorlar va qachondir Donbassda xizmat qilgan odamlarni hamda UXX (Ukraina xavfsizlik xizmati) xodimlarini qidirishgan. Ammo, bilishimcha, UXX xodimlarining barchasi urushning ilk kunlaridanoq shaharni tark etgan, shuning uchun ham ularni topisha olmagan, menimcha. Oddiy fuqarolar esa faol ravishda g‘oyib bo‘lmoqda: 5 aprel kuni Xerson meri 100 dan ortiq kishi yo‘qolganini ma’lum qilgandi.

Davomi bor... Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainadagi urushda bo‘lib qaytgan rossiyalik jurnalist: Odamlarning o‘g‘irlanishi haqida