Yelena Kostyuchenko Ukrainaga Rossiyaning «Novaya gazeta» muxbiri sifatida borgan edi. Uning Odessa, Xerson va Nikolayev shaharlarida tayyorlangan reportajlari ushbu gazetada senzura cheklovlari bilan e’lon qilingan. Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga rioya qilinganiga qaramay, Bosh prokuratura va «Roskomnadzor» talabi bilan matnlar o‘chirib tashlangan, «Novaya gazeta» esa o‘z ishini to‘xtatishga majbur bo‘lgan.
«Novaya gazeta. Yevropa» nashri uchun maxsus ravishda Yelena Kostyuchenko Ukrainadagi urushda o‘zi ko‘rgan narsalar haqida gapirib berdi.
— Oddiy fuqarolar mashinalarini nima sababdan o‘qqa tutishlarini bilmayman. Bolalar uyi tarbiyachilari o‘tirgan mashina haydovchisi aytdiki, ogohlantiruvchi o‘qlar otilgan bo‘lishi mumkin, lekin hech kim buni tushunmagan, chunki odamlar ogohlantiruvchi o‘qlarni tanib oladigan darajada ko‘p eshitmaydi.
Xersonning o‘zida men ham yonib ketgan mashinalarni ko‘rganman. Jasadlar olib ketilgan, ammo yongan mashinalarning o‘zi qolgan. Bu qanday bo‘lgan? Nima uchun? Bu vaqtda ularni nima boshqargan?
Xabarim bor, sudtibekspertiza byurosidan marhumlarni qabristonga tashiydigan mashina o‘qqa tutilgan. Bittagina mashina har kuni odamlarni dafn qilish uchun bitta yo‘nalishdan yuradi. Marhumlarning qarindoshlari hozir bormay qo‘ygan, chunki blokpostlardan o‘tish qiyin va xavfli. Vidolashuv morgda bo‘lib o‘tadi, shundan keyin jasad o‘raladi — agar pul bo‘lsa, tobutga, pul bo‘lmasa va tobut bo‘lmasa, shunchaki qopga solinadi. Hozir asosan qora sanitariya qoplariga solinib, qabristonga olib ketilmoqda. Mana shu jasad va ikki go‘rkovni olib ketayotgan mashinaga o‘q uzilgan.
Yigitlar mashinadan yugurib tushgan, uning yoniga, yerga yotib olgan, o‘q yomg‘iri to‘xtashini kutgan. Ular o‘qotar quroldan o‘qqa tutilgan, ya’ni mashinani nishonga olib o‘q uzishgan — bu shu yaqindagi qandaydir tasodifiy artilleriya zarbasi bo‘lmagan. Keyinroq, o‘q yomg‘iri to‘xtaganidan keyin, ular mashinaga o‘tirib, qayrilgan va ortga qaytib ketgan.
Bir kun marhumlar ko‘milmasdan qolib ketgan, keyin yigitlarning o‘zlari: «Jasadlarni dafn qilish kerak-ku — boramiz». Va ular o‘sha yo‘nalish bo‘yicha jasadlarni dafn qilish uchun yo‘l olgan va bu safar ular o‘qqa tutilmagan. Ya’ni bu qanday sodir bo‘lgan, nima uchun, o‘zi umuman nima sababdan jasad tashuvchi mashinaga o‘q uzilgan, nimani ko‘zlab bunday qilishadi, bularni tushuna olmayman.
Davomi bor...
Novaya gazeta1, Yelena Kostyuchenko1, Roskomnadzor1, Senzura cheklovlari1, Ukrainadagi urush1 Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari