Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Fransiyaning BFMTV telekanaliga intervyu berdi.
«Mahalliy xalq, bolalar, keksalar va harbiylar qamalda. Bu urushdan ham ko‘ra, ko‘proq Mariupol va uning aholisiga qarshi o‘tkazilayotgan terrorchilik operatsiyasini eslatadi. U yerdagi binolarning 95-98 foizi buzilgan, maktablar, bolalar bog‘chalari, oddiy turarjoylar, zavodlar — hammasi», — dedi Zelenskiy.
Shaharda o‘q ovozi tinmagani uchun odamlar ko‘chaga chiqishga ham qo‘rqadi.
Zelenskiyning aytishicha, shahar aholisining bir qismi Ukraina nazoratidagi Zaporoje viloyatiga, yana bir qismi RF nazoratidagi hududlarga o‘tgan. Rossiya tomoniga yoki uning nazorati ostidagi hududga ketgan minglab odamlardan dom-darak yo‘q.
«Bolalar, kattalar, ular shunchaki yo‘qolib qoldi. Ular turli shaharlarda, Rossiya hududida tashkil qilingan maxsus lagerlardaligini bilamiz, biroq ayrimlar izsiz yo‘qoldi. Hozirda 3,5 mingdan 5 ming nafargacha o‘sha tomonga ketgan bolalar bedarak yo‘qoldi. Bu qo‘rqinchli fojia», — dedi Ukraina prezidenti.
Rossiya Ukrainaga qo‘shin kiritganidan so‘ng Mariupolda misli ko‘rilmagan gumanitar inqiroz yuzaga keldi. Mariupol meri shaharning 20 ming tinch aholisi qurbon bo‘lgani haqida ma’lum qilgan. Qamalda qolgan Mariupolda taxminan 120 ming tinch aholi borligi aytilmoqda. Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot