Yelena Kostyuchenko Ukrainaga Rossiyaning «Novaya gazeta» muxbiri sifatida borgan edi. Uning Odessa, Xerson va Nikolayev shaharlarida tayyorlangan reportajlari ushbu gazetada senzura cheklovlari bilan e’lon qilingan. Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga rioya qilinganiga qaramay, Bosh prokuratura va «Roskomnadzor» talabi bilan matnlar o‘chirib tashlangan, «Novaya gazeta» esa o‘z ishini to‘xtatishga majbur bo‘lgan.
«Novaya gazeta. Yevropa» nashri uchun maxsus ravishda Yelena Kostyuchenko Ukrainadagi urushda o‘zi ko‘rgan narsalar haqida gapirib berdi.
— Nikolayev shahridagi harbiy qism kazarmasi 7 mart kuni tonggi 5 da — odamlar uxlab yotgan paytda nishonga olingan edi. To‘qqiz kishi halok bo‘lgan. Ularning 5 nafari muddatli harbiy xizmatchi. Tushunishingiz uchun aytaman, ukrainalik muddatli harbiy xizmatchilar umuman urushda ishtirok etmaydi. Ular harbiy xizmatga chaqiriluvchilar. Ukrainada 20 yoshdan chaqiriladi, ya’ni ular muddatli harbiy xizmatni o‘taydigan yosh yigitlar. Bir jasad topilmagan. Uni qidirganlariga guvoh bo‘lganman. Bir necha kun davomida vayronalarni titib chiqishgan. Nikolayevdan ketganimdan keyin, yana bir kazarma nishonga tushganini, o‘ta ko‘p kishi halok bo‘lganini eshitdim. Menga 100 kishi deyishdi, ammo yakuniy raqamlar qanday bo‘lganini bilmayman.
Men omon qolgan yigitlar bilan suhbatlashib ko‘rdim. Ulardan birining ismi Yaroslav edi. U bilan birga xizmat qilgan do‘stlarining barchasi halok bo‘lgan. Faqat u va do‘sti Entoni tirik qolgan. U menga shunday dedi: «20 yoshdaman. Veterinar bo‘lish uchun o‘qidim. Endi hech kimga achinmayman». Mana, rahm-shafqat, achinish hissi siqib chiqarilib, uning o‘rnini urush egallagan holat. Hamma narsani urush egallab oladi — bu hammaga tegishli holat.
Xuddi shunday holatni Donbassda [2015-yilda] ham ko‘rgandim. Ya’ni asta-sekinlik bilan insoniylikdan chiqish yuz beradi. Ukraina qo‘mondonligi bunga boricha qarshilik ko‘rsatayotganiga guvoh bo‘ldim: harbiy xizmatchilarga g‘animlarni tahqirlamaslik, jangchilarni diniga qarab haqoratlamaslik haqida turli da’vatlar bo‘lgandi.
Masalan, halok bo‘lgan qodirovchilarni cho‘chqa terisiga o‘rash haqidagi takliflar bo‘lgandi. Ammo, albatta, urush qanchalik uzoq davom etgani sari odamlarda insoniylik tuyg‘usi shunchalik kamayib boradi.
Volontyorlardan biri menga halok bo‘lgan rossiyalik jangchilar suratlari joylab boriladigan Telegram-kanalni ko‘rsatib, juda shodlangan edi. Bilasizmi, shunday dasturcha bor: u yerga odamning suratini kiritasiz — va u, go‘yoki, kuladi, qandaydir qo‘shiqni aytadi, raqsga tushadi. Qatl qilingan rossiyaliklar — chiriy boshlagan, texnika ezib qo‘ygan, oyoq-qo‘llari uzilib ketgan murdalarning suratlari — kuylamoqda va raqsga tushmoqda. Va o‘sha volontyor aytdiki, ular qarindoshlari hozir Ukrainada jang qilayotganlarni qidirib topishga harakat qilib, ularga shu videolarni jo‘natar ekan.
Davomi bor...
Novaya gazeta1, Yelena Kostyuchenko1, Roskomnadzor1, Senzura cheklovlari1, Ukrainadagi urush1 Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi